FOTOREPORTAJ
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yo‘lida istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu tashabbuslarning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Magna sport” MCHJda bo‘ldilar.
Ma’lumki, Xalq banki charm sanoatida loyihalarni moliyalashtirishga mas’ul etib belgilangan. Bank bu tarmoqqa ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlab keladi.
[gallery-17902]
“Magna sport” MCHJ ham ana shunday sub’ektlardan biri bo‘lib, 2016 yilda kichik oilaviy tadbirkorlik sub’ekti sifatida faoliyatini boshlagan.
Bugungi kunda yuzga yaqin kishi mehnat qilayotgan korxonaga o‘tgan yili aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun Xalq bankidan 3 milliard so‘m kredit ajratildi. Joriy yilda esa charm sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 296 ming AQSH dollari miqdorida kredit rasmiylashtirilgan.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/hywcQymq-No" title="Charm sanoatida istiqbolli loyihalar qoʻllab-quvvatlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 35 milliard so‘m. Bu yerda futbol, boks, kurash, gimnastika va boshqa sport turlari uchun jami 39 turdagi charm buyum va jihozlar ishlab chiqariladi. MCHJ kelgusida o‘z mahsulotlarini eksportga yo‘naltirib, tashqi bozorga chiqishni ham maqsad qilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA