Otashnafas shoir Usmon Nosir chaqmoqdek yashab ijod qilgan shaxs sifatida milliy adabiyotimizdan o‘rin olgan.

Ustoz ijodkor, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov Usmon Nosir haqida quyidagicha fikr bildirgan edi: “Men ko‘pincha Usmon Nosirni ko‘rgan, hamsuhbat bo‘lgan kishilar bilan muloqotda bo‘lganimda shoirning shaxsiyatiga oid ma’lumotlar bilan qiziqaman. Usmon Nosirni ko‘rganlar uning mard va o‘ktam yigit bo‘lganini, shu bilan birga nozik ruhiyat egasi ekanini ta’kidlaydilar. Qalbi keng, ko‘ngli ochiq, to‘g‘ri so‘z va jangari shoir yigitni ko‘p jihatdan rus shoiri Sergey Yeseninga o‘xshash ko‘raman. Usmon Nosir xuddi ulkan rus shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she’riyat ufqida nogahon balqigan yorug‘ yulduz edi. U ham xuddi Yesenin kabi ijodda qiyin izlanish yo‘llarini o‘tdi, yosh qalbining minglab savollariga javob qidirdi. U ham yorug‘ dunyoni juda erta va barvaqt tark etdi. Yesenin kabi mushkul va chalkash davr girdobida halok bo‘ldi.”  

Ma’lumotlarga ko‘ra, Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan edi.  

Moskvadagi Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida (1929-30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir muddat taxsil olgan (1933-34). 

«Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. «Atlas» (1935) pesasi o‘z vaqtida xavaskorlar teatri sahnasida ko‘yilgan.  

Pushkin, Lermontov dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.  

1937 yil 13 iyulda «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, so‘ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va 1944 yil 9 martda o‘sha yerda dunyodan ko‘z yumgan.  

Keyingi yillarda milliy adabiyotimizga qaratilayotgan e’tibor natijasida Usmon Nosir ijodini o‘rganish va targ‘ib etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  tashabbusi bilan 2022 yilda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan uning asarlari chop etilib, mamlakatimizning barcha o‘quv maskanlari, ijodiy tashkilotlarda shoir faoliyati, ijodiga oid adabiy anjumanlar o‘tkazildi. Olis Kemerovoda “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda atoqli o‘zbek shoiri Usmon Nosir xotirasiga hurmat bajo keltirilib, shoir ijodiga bag‘ishlangan adabiy tadbirlar tashkil etildi.  

Darhaqiqat, Usmon Nosir erk, ozodlik, haqiqat kuychisi sifatida nainki mamlakatimiz, balki xalqaro miqyosda e’tirof etilgani diqqatga sazovor.  

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaqmoqdek yashab, ijod qilgan shoir