Tahririyatimizga Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Umid Xolliyev va boshqa bir guruh fuqarolar nomidan murojaat kelib tushdi. Unda tumanning “Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 7 kilometr uzunlikdagi 4 n-170 “Boysomi k. - Urganji k. - Yetim k. - Shaxobcha Qozon qishlog‘i” avtomobil yo‘lining bugungi holati bayon etilgan.

Hududda yashovchi fuqarolarning ta’kidlashicha, 1984 yilda bu yo‘lga asfalt yotqizilgan. Mahalla aholisi qishda loy kechib, yozda chang yutib kun o‘tkazib kelmoqda. Katta ariq  qazilib, tuprog‘i yo‘lga olib tashlangan. Tashlangan tuproq mashinalar baloni va shamol sabab ko‘chib havoga ko‘tarilib insonlar va tabiatga zarar yetkazmoqda. Bu masalada aholi tomonidan murojaat qilinmagan biror tashkilot qolmagan. Ammo, natija yo‘q.

“Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga kirib borar ekanmiz, go‘zal manzaraga guvoh bo‘ldik. Hududning bir tomoni betonlashtirilgan va ariqda suv oqib turibdi. Ikkinchi tomonida chiroyli uylar qurilgan. Yo‘llar asfalt qilingan. Shu tariqa yo‘limizni davom ettirdik. Afsuski, xursandchiligimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Ne ko‘z bilan ko‘raylikki, asfalt va ravon yo‘llar tugab, shag‘al bostirilgan va changga to‘la yo‘llar boshlandi. Yo‘l bo‘yida bizni bir guruh murojaatchilar kutib oldi.

[gallery-24198]

– Bir oy bo‘ldi, mazkur mahallaga rais etib saylandim, – deydi Mahmud Vaitov. – Hududimizdagi ushbu yo‘lning yarmi asfaltlashtirilgan, yarmi esa shag‘allashtirilgan. Lekin, yo‘lning mana shu shag‘allashtirilgan qismidagi ariqlar kovlanib, tuproq yo‘l chetiga tashlanganidan so‘ng chang ko‘tariladigan bo‘lgan. Bu esa aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Yaqinda viloyat hokimi Botir Zaripov tumandagi “mahalla yettiligi” vakillari bilan muloqot qildi. Unda aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, erta nikohlarning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Umuman, mahallalardagi ijtimoiy, iqtisodiy masalalar batafsil ko‘rib chiqilib, bu borada zarur chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur muloqotda mahallamizdagi yo‘l masalasi yuzasidan murojaat qildim. Murojaatim inobatga olinib, mas’ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. 

– Mazkur yo‘lning 4 kilometri asfaltlashtirilgan, – deydi Qorako‘l tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori Feruz Murotov. – Yo‘lning qolgan qismiga tosh-shag‘al qoplamasi yotqizilgan bo‘lib, hozirda asfaltlashtirish bo‘yicha dasturga kiritish ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqsadga 7 417 012 071  ming so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Xullas, avtomashinalarning tinimsiz qatnovi tufayli, ariqdan qazib olingan tuproq chang-tuzonga aylanib havoga ko‘tarilmoqda va mahalla aholisining o‘rinli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Joriy 2025 yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi har bitta sohada, xususan yo‘l obodonchiligi masalasiga ham mas’uliyat bilan yondashishni talab etilmoqda. 

Tuman hokimligi mutasaddilari suhbat davomida aholi murojaatlarida tilga olib o‘tilgan muammo va kamchiliklar inobatga olingan holda hududdagi asfaltlashtirish ishlari hududiy dasturga kiritilganligini ma’lum qildi. O‘ylaymizki, mazkur masala tez orada o‘zining ijobiy yechimini topadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/k6THaPw2DQc?si=Pe2EutZf2U-KrUnL" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat, video), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chang ko‘chalar, loy ko‘chalar... (+video)