Camera Intelligence kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun yangi avlod kamera moduli — Cairani taqdim etdi. Qurilma MagSafe orqali biriktiriladi va Olympus hamda Panasonic linzalari bilan ishlay oladi. Cairada iPhone 17 Pro sensoridan to‘rt baravar katta sensor o‘rnatilgan bo‘lib, bu surat sifatini sezilarli darajada oshiradi.

Modul ichida 5000 mAh quvvatli batareya, qulay tutqich va maxsus boshqaruv tugmalari mavjud. U Snapdragon protsessori va Google Edge tezlatkichi asosida ishlaydi hamda Google Nano Banana 
sun’iy intellekt modelini qo‘llab-quvvatlaydi. 

SI yordamida foydalanuvchilar suratlarni real vaqt rejimida tahrirlab, kunduzgi kadrni tungi kadrga aylantirishi yoki kiyim va aksessuarlarni almashtirishi mumkin. Bunda yuzning tabiiy xususiyatlari saqlanib qoladi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kF-yddKOzAY" title="Caira — sun’iy intellektli kamera moduli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Oldindan buyurtma berish 30 oktyabrdan boshlanadi. Narxi hali e’lon qilinmagan. 

Madinabonu Nasriyeva, 

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Caira — sun’iy intellektli kamera moduli