O‘zbekiston aholisining banklardan qarzi 243,6 trillion so‘mdan oshdi (+video)
2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning banklardan olgan kreditlari qoldig‘i 243,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Yil boshida bu ko‘rsatkich 220,3 trln so‘m edi. Sakkiz oy ichida aholining banklar oldidagi qarzdorligi 23,3 trln so‘mga yoki 10,6% ga ko‘paydi.
Odamlar qanday maqsadlarda kredit olishmoqda?
*Ipoteka kreditlari — 89,7 trln so‘m
*Mikroqarzlar — 51,3 trln so‘m
*Mikrokreditlar — 48,2 trln so‘m
*Avtokreditlar — 41 trln so‘m
*Ta’lim kreditlari — 6,85 trln so‘m
*Iste’mol kreditlari — 502 mlrd so‘m
*Boshqa kreditlar — 6,1 trln so‘m
Jami kreditlarning 130,8 trln so‘mi davlat banklari, 112,8 trln so‘mi esa xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
M.Turdaliyeva, I.Ismatov (O‘zA)