C5+1: Eng muhim natija
Samarqandda AQSH va Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan C5+1 formatidagi uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar "C5+1: Tarixiy sheriklik, farovon kelajak” nomli qo‘shma bayonot qabul qildi.
Anjumanning asosiy natijasi:
– Savdo va investitsiya: mintaqalar aro savdo ko‘lamini kengaytirish, bojxona tartibini muvofiqlashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish belgilandi.
– Transport: Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish va infratuzilmaga sarmoya kiritish qo‘llab-quvvatlandi.
– Muhim minerallar: resursni qidirish, o‘zlashtirish va chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.
– Energetika va texnologiya: energetika xavfsizligi, raqamli infratuzilma va ilg‘or texnologiya sohalarida aloqani kuchaytirish belgilandi.
– Xavfsizlik: terrorizm, transmilliy jinoyatchilik va kiber xavfga qarshi sheriklikni rivojlantirish, yadroviy xavfsizlik va atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish masalalari qamrab olindi.
– Ta’lim va gumanitar aloqa: ingliz tili ta’limi, madaniy almashinuv va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va AQSH iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha ham muhim natijalarga erishildi. Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarga teng 54 kelishuv va istiqbolli tashabbus shakllantirildi. Bu ko‘rsatkich C5+1 formati doirasidagi ko‘p tomonlama kelishuvi emas, balki tomonlarning iqtisodiy hamkorligi samarasidir.
Musulmon Ziyo, O‘zA