Byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, aholi hayot darajasi va farovonligini yaxshilashda katta ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligining hamkorlikdagi ishlari dasturiga asosan byudjet tashkilotlarida byudjet qonunchiligiga rioya etishga oid nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2014-yilning birinchi yarmida respublika va mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan 143 tashkilotda tekshiruv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda unga qarashli tashkilotlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari chog‘ida “Markaziy aerogeodeziya” va “Samarqand aerogeodeziya” davlat unitar korxonalari tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini shakllantirishda dala ishlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar asossiz qo‘llanishi natijasida 170,5 million va 106,8 million so‘m ortiqcha hisoblangani hamda to‘langani aniqlandi.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida byudjet intizomi va amaldagi qonunchilikka rioya etmaslik holatlari ham aniqlandi.

Masalan, qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-mayda qabul qilingan 153-sonli qarorida belgilangan talablar buzilgan holda, limitdan tashqari umumiy qiymati 110,4 million so‘mlik 14 xizmat avtomashinasi saqlanmoqda. Amaldagi normalarga muvofiq ushbu avtomashinalar kimoshdi savdolari orqali sotilishi, tushgan mablag‘ning 50 foizi byudjet daromadiga o‘tkazilishi lozim.

Bundan tashqari, qo‘mitaning Buxoro viloyatidagi bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishda Vobkent, Peshku va Kogon tumanlarida tomorqa uchastkalarini inventarizatsiya qilish bo‘yicha qiymati 200 million so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgani va qo‘mita ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan aybdor muassasalarga nisbatan 40 million so‘m miqdorida jarima sanksiyalarini qo‘llagani aniqlandi.

Tekshiruv natijalariga asosan yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar bartaraf qilindi, inventarizatsiya bo‘yicha o‘zgartirilgan ma’lumotlar tuman soliq organlariga taqdim etildi.

Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun yer ajratishda zarar ko‘rilgan 7404,0 million so‘m miqdoridagi mablag‘ni undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan, o‘z vaqtida amalga oshirilmagan to‘lovlar uchun 1283,1 million so‘m miqdoridagi penya hisoblanmagan.

2012-2013-yillarda qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy shaxslarga kadastr ma’lumotnomalarini berishda tarif oshirib ko‘rsatilgan va buning oqibatida qiymati 1581,1 million so‘m asossiz daromad olingan.

Hosildorligi past yerlarda paxta yetishtirish bilan shug‘ullanadigan qishloq xo‘jaligi korxonalariga davlat tomonidan dotatsiya berilmoqda. Tekshiruv chog‘ida hosildorligi yuqori yerlarga ega 44 qishloq xo‘jaligi korxonasiga 131,4 million so‘m byudjet mablag‘lari asossiz to‘langani, ekin maydonlari hajmi sun’iy ravishda oshirilishi natijasida 36 ta fermer xo‘jaligiga 28,8 million so‘m ortiqcha ajratilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, tuman komissiyalari a’zolari olinmagan hosil miqdorini noto‘g‘ri aniqlagani oqibatida 1066 qishloq xo‘jaligi korxonasiga 1931,0 million so‘m ortiqcha to‘langan.

Tuman komissiyalari tomonidan hisobga olingan paxta maydonlarining ball-bonitet ko‘rsatkichlari tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining yer xaritalarida ko‘rsatilgan shunday ko‘rsatkichlar bilan taqqoslandi. Taqqoslash davomida 386 qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan tuman komissiyasiga yerlarning ball-bonitet ko‘rsatkichlari pasaytirilgan ma’lumotlar taqdim etilgani aniqlandi. Buning natijasida ushbu 386 qishloq xo‘jaligi korxonasiga 625,5 million so‘m noqonuniy to‘langan.

Navoiy viloyati mahalliy byudjetining 2013-yilgi ijrosini o‘rganishda qiymati 508,4 million so‘mlik soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar qo‘shimcha hisoblandi va shuning 429,6 million so‘mi undirildi.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanishni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari davomida o‘zini o‘zi boshqarish organlari amaldagi me’yoriy hujjatlarni buzgan holda, oilalar daromadini yetarli darajada o‘rganmasdan, qalbaki hujjatlar asosida va komissiyalar qarorisiz nafaqa hamda moddiy yordam berilgani aniqlandi.

Natijada Qiziltepa tumanidagi 34 ta o‘zini o‘zi boshqarish organida 56 nafar fuqaroga 31,5 million so‘m, Navbahor tumanining 22 ta o‘zini o‘zi boshqarish organida 60 nafar fuqaroga 39,4 million so‘m, Nurota tumanidagi 18 ta o‘zini o‘zi boshqarish organida 61 nafar fuqaroga 23,6 million so‘m va Xatirchi tumanidagi 29 ta o‘zini o‘zi boshqarish organida 36 nafar fuqaroga 29,3 million so‘m nafaqa va moddiy yordam noto‘g‘ri tayinlangan va shuning 63,8 million so‘mi to‘langan.

Shuningdek, viloyat ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan pedagoglarning ma’lumotini tasdiqlaydigan hujjatlar haqiqiyligini tekshirish chog‘ida 57 ta’lim muassasasida ishlayotgan 72 nafar pedagogning diplomi qalbaki ekani va ularga byudjetdan 1693,3 million so‘m to‘langani aniqlandi.

Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etish o‘rganilganda, tekshirilgan tibbiyot birlashmalarining shtat jadvaliga normadan ortiq 8,75 shtat birligi kiritilishi natijasida 63,8 million so‘m ortiqcha to‘lash rejalashtirilgani va shuning 44,1 million so‘mi to‘langani, xodimlar razryadining oshirilishi oqibatida esa 11,8 million so‘m byudjet mablag‘i ortiqcha sarflangani aniqlandi.

Namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar, kollej va sport maktablari qurilayotgan massivlarda ichki yo‘llar va suv ta’minoti tarmoqlarini barpo etish uchun byudjet mablag‘larini rejalashtirish tahlil etilganda oltita obyektda boshlang‘ich qurilish qiymati 276,2 million so‘mga oshirilgani aniqlandi, shundan to‘rt obyektda ortiqcha sarflangan 168,5 million so‘m keyinchalik pudratchi tashkilotni moliyalashtirish davrida kamaytirib qolindi.

Bundan tashqari, mazkur obyektlarda sarflangan xarajatlarni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida qiymati 208,7 million so‘mlik ish hajmi oshirib ko‘rsatilgani va sifatsiz bajarilgani aniqlandi.

Jumladan, Xatirchi tumanidagi “Yangi qishloq” va “G‘allabek” massivlarida suv ta’minoti obyektlarini barpo etish uchun ajratilgan 13,7 million so‘m mablag‘dan samarasiz foydalanilgan, shuningdek, Agroservis kasb-hunar kollejida 62,2 million so‘mlik ishlamaydigan 12 isitish qozoni o‘rnatilgani sababli obyektlarni ichimlik suvi, binolarni issiqlik bilan ta’minlash imkonini bermagan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va “O‘quv ta’lim ta’minot” davlat unitar korxonasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ta’lim muassasalariga 8276 tonna ko‘mir beshta transport korxonasi tomonidan yetkazib berilgan va ularga ko‘rsatilgan 698,1 ming tonna/kilometr hajmdagi transport xizmatlari uchun 418,9 million so‘m to‘langan yoki 129 million so‘m byudjet mablag‘lari ortiqcha to‘langan.

Shuningdek, 6 ta tumandagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarini jihozlashda “bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisob-faktura”ni qalbakilashtirish orqali xususiy korxonaga 668,3 million so‘m byudjet mablag‘i o‘tkazilgani, amalda esa 43,5 million so‘mlik inventar yetkazib berilgani yoki 624,8 million so‘mlik inventar yetishmasligi aniqlandi.

Pedagogika yo‘nalishidagi yettita oliy o‘quv yurti tekshirilganda belgilangan o‘quv yuklamasini bajarmagan pedagog xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan ish haqi asossiz berilgan holatlar aniqlandi.

Masalan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagoglarga bajarilmagan 563 soat o‘quv yuklamasi uchun 7,2 million so‘m, Navoiy davlat pedagogika institutida 9,7 million so‘m, Toshkent viloyat davlat pedagogika institutida 11,2 million so‘m asossiz to‘langan.

Talabalar o‘zlashtirishining yakuniy ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda oshirilgani natijasida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Toshkent davlat pedagogika universitetida 105,6 million so‘m, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 43,2 million so‘m, Toshkent viloyat davlat pedagogika institutida 20,2 million so‘m, Nukus davlat pedagogika institutida 16,9 million so‘m, Qo‘qon davlat pedagogika institutida 9,2 million so‘m stipendiya ortiqcha to‘langan.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning 21 bo‘linmasida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanish tekshirilganda, belgilangan cheklangan sondan tashqari 37 yengil avtomobil mavjudligi va ularni saqlash uchun 106,4 million so‘m ortiqcha mablag‘ sarflangani aniqlandi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablag‘larning 234,8 million so‘mi yoki 50 foizi byudjetga o‘tkazilmagan.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda mamlakat tabiiy resurslaridan foydalanish ustidan nazorat tegishli darajada o‘rnatilmagan. Vijdonsiz tadbirkorlar bundan foydalanib, tabiiy resurslarimizni talon-taroj qilmoqda.

Misol uchun, xususiy tadbirkorlar R.Zokirov va A.Xegay 525,36 tonna va 635,76 tonna qizilmiya o‘simligini eksport qilgan. Hujjatlarni o‘rganish chog‘ida ushbu mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnoma qalbakilashtirilgani aniqlandi. Buning natijasida mahsulot eksportiga ruxsat olish uchun 274,3 va 310,6 million so‘m yig‘im to‘lanmagan. Bundan tashqari, mazkur o‘simlik ruxsatsiz terilgani tufayli umumiy qiymati 25,7 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Mamlakatimiz tabiiy havzalarida baliqchilik bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik subyektlari tomonidan ijara to‘lovlarini hisoblash va to‘lashda ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Jizzax viloyatida 1,8 milliard so‘mlik ijara to‘lovlari hisoblanmagani va tekshiruv chog‘ida hisoblangan 1,2 milliard so‘m to‘lanmagani aniqlandi. Ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagan tadbirkorlarga mas’ul tashkilotlar tomonidan 2,1 milliard so‘mlik jarima sanksiyalari qo‘llanilmagan.

Byudjet mablag‘lari – davlat va xalq mulkidir. Ulardan maqsadsiz va tejamkorliksiz foydalanganlik uchun tegishli javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Shu nuqtai nazardan, moliyaviy nazorat yakunlari bo‘yicha moliyaviy huquqbuzarlik va kamchiliklar aniqlangan tekshirish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligi tomonidan byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda davlat moliyaviy nazorati tizimli asosda davom ettirilishi va ajratilayotgan byudjet mablag‘laridan nooqilona, maqsadsiz foydalanishga yo‘l qo‘ygan har qanday mas’ul xodim qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet mablag‘lari – qat’iy nazorat ostida