Buyuk siyosatchi va davlat arbobiga ehtirom
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi.
I.Karimov mamlakatni mustaqillikka erishishida, davlat sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan shaxs. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyatida birinchi rahbar sifatida faoliyat boshlaganida viloyat hayoti uchun fidoyilik bilan mehnat qilgani va ko‘plab ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga sababchi bo‘lganini voha ahli unutmaydi.
[gallery-21516]
Bugun I.Karimovning tavallud kuni munosabati bilan viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari uning Qarshi shahri markazida o‘rnatilgan haykali atrofiga yig‘ildi. Buyuk siyosatchi xotirasiga hurmat bajo keltirilib, haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari