Samarqand davlat universitetida Matematika, fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri, akademik, «Do‘stlik» ordeni sohibi Saidahmad Laqayev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Matematik analiz va tahlilning zamonaviy matematika-fizikaga tatbiqi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Nufuzli konferensiyada viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov, akademiklar Shavkat Alimov, Azimboy Sa’dullayev, Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori Ravshan Ashurov, Missuri universiteti (Kolumbiya) professori Konstantin Makarov, Viktoriya universiteti (Kanada) professori Amirali Baniasadiy va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

- Azaldan ilm-fan markazi hisoblangan Samarqand davlat universiteti ko‘plab yetuk allomalarni tarbiyalagan ulug‘ dargoh, - dedi E.Turdimov. – Jumladan, Saidahmad Laqayev boshchiligidagi Samarqand matematika maktabi ham O‘zbekiston ilm-fanining yuqori pog‘onasidan joy olgan desam, adashmagan bo‘laman. Umuman, mazkur oliy ta’lim maskanida amalga oshirilayotgan ishlar jahon olimlari va mutaxassislari tomonidan e’tirof etilmoqda. Buni xorijiy davlatlardan kelayotgan nufuzli mehmonlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

- Saidahmad Laqayev O‘zbekistondagi 7 nafar matematik akademiklardan biri, - deydi Sh.Ayupov. - Biz 30 yildan buyon ushbu mohir pedagog, mahoratli matematik bilan birga ishlab kelamiz. Jahon matematik tahlil ilmining ustunlaridan biri Saidahmad Laqayevni nafaqat olim, balki yetuk inson sifatida ham bilamiz. U kishi 5 nafar fan doktori, 13 fan nomzodi tayyorlab, o‘z ilmiy maktabini yaratgan. bugungi konferensiya sabab jahon matematiklari bilan bir yerga yig‘ilganimizdan xursandman.

Behruz Shamsiddinov,

SamDU axborot xizmati xodimi,

Shavkat Akramov (surat)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk matematiklar Samarqand davlat universitetida