Buyuk ipak yo‘li tiklanmoqda (+video)
O‘zbekiston fuqarolari endi Xitoy Xalq Republikasiga 1 oy vizasiz sayohat qila oladi.
Mamlakatimiz va XXR aloqalari so‘nggi yillarda sezilarli darajada yaxshilanib, turli sohalar bo‘yicha hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusida faol ishtirok etib, mamlakatlarimiz ayniqsa iqtisodiy hamkorlikni tobora mustahkamlayapti.
Xitoy davlatimizning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Tovar ayirboshlash yil sayin ortmoqda. Yurtimizda infra tizimni takomillashtirishga qaratilgan loyihalarda Xitoy kompaniyalari faol ishtirok etyapti.
Yaqindagina ikki davlat hukumatlari mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida fuqarolarga bir oylik vizasiz sayohat qilish imkoniyatini taqdim etdi. Bu qaror xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirib, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. Qolaversa, o‘zaro madaniyat va urf-odat bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo‘ladi.
O‘zA muxbiri Xitoy bilan ko‘p yillik faol hamkorlik va istiqboldagi rivojlanish bosqichini tahlil qilish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi XXR bilan ishlash departamenti boshlig‘i Azamat Rahmonov va siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Javlon Abduazimovni suhbatga chorladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HGU5AipVp8Y" title="Buyuk ipak yoʻli tiklanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA