Buyuk Britaniyada yevropaliklar kamaymoqda
Yevroittifoqning ikki yuz ming fuqarosi Buyuk Britaniyani tark etdi.
“TASS” bu haqda Birlashgan Qirollik Milliy statistika xizmatining 2020 yilgi hisobotida qayd etilgan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda.
“Buyuk Britaniyadagi yevropaliklar soni 3,7 milliondan 3,5 millionga kamaydi”, deyiladi ma’lumotda.
Qirollikdagi yevropaliklarning kamayishiga pandemiya va Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqqani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu holatlar mamlakatdan ketuvchilarning ko‘payishiga va ayni paytda unga keluvchilar kamayishiga ham sabab bo‘lgan.