Buyuk Britaniyada milliy motam tugadi
Buyuk Britaniyada Qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan uyushtirilgan milliy motam nihoyasiga yetdi. Jamoat inshootlari peshtoqda yana bayroqlar ko‘tarildi. Bu haqda “Sky News” telekanali xabar berdi.
Qirolicha oilasi davrasida motam yana yetti kun davom etadi: saroy binolari ustidagi bayroqlar yarim ochiq holatda bo‘ladi. Shu davr mobaynida oila a’zolari ommaviy tadbirlarda qatnashmaydi.
Telekanal hisobiga ko‘ra, Londonda Qirolicha bilan vidolashuv marosimida 250 mingga yaqin odam ishtirok etgan.