Buyuk Britaniya rekord haroratga tayyorlanmoqda
Yaqinlashib kelayotgan o‘ta issiq harorat va yuqori namlik to‘lqini tufayli Buyuk Britaniyada ogohlantirish e’lon qilindi.
Mutaxassislar kelgusi hafta boshida havo 34°C dan ham isishi, ba’zi hududlarda iyun oyidagi rekord yangilanishi mumkinligi taxmin qilinyapti.
Meteorologiya boshqarmasi Angliya janubi-sharqi va Janubiy Uelsning ayrim tumanlarini qamrab oluvchi to‘q sariq daraja ehtimolini e’lon qildi. Ob-havo ekspertlari yuqori namlik oqibatida tungi harorat 20°C dan oshib, “tropik tun” ta’siri yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham shunga o‘xshash issiq to‘lqin qayd etilmoqda. Masalan, Fransiyada harorat 40°C ga chiqishi kutilyapti. Bu ikki mamlakat rasmiylari fuqarolar, ayniqsa keksalar va zaif qatlamni ehtiyot chorasini ko‘rishga chaqirgan.
S.Rahimov, O‘zA