Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
Joriy yilning 22 avgust kuni Buyuk Britaniya davlat kotibining parlament o‘rinbosari, eksport vaziri Malkolm Offord boshchiligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart, savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha mas’ullar va bir qator yetakchi kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tumanli Albiondan tashrif buyurgan mehmonlar Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlari, Mis boyitish fabrikasi faoliyati hamda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish qurilish jarayoni bilan tanishtirildi. OKMK rahbariyati va Buyuk Britaniya delegatsiyasi o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari muhokama etildi.
Tadbirda Weir Minerals, United Concrete Canvas kabi kompaniya vakillari o‘z faoliyat turlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
OKMK axborot xizmati