Yurtimizda kamol topgan ulug‘ muhaddislar, fozilu fuzalolarning nomini butun dunyoda yaxshi bilishadi. Bobokalonlarimiz bilan nafaqat faxrlanish, balki ularning boy ma’naviy merosini tadqiq va targ‘ib etish biz avlodlarning burchidir.
O‘zbekiston Buyuk allomalar yurti deganimizda dunyoni o‘z ilmi bilan larzaga solgan hadis ilmining sultoni Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, algebra faniga asos solgan Muso al-Xorazmiy, yerning o‘lchovi haqida dastlabki ma’lumotlarni IX asrda bera olgan Ahmad Farg‘oniy, ulug‘ qomusiy alloma, birinchi bo‘lib yer shari globusini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, meditsina otasi deb tan olingan Abu Ali ibn Sino, “Sharq Aristoteli” Abu Nasr Farobiy, 1018 ta yulduzni holatini va joylashuvini XV asrdayoq bayon qilib bergan Mirzo Ulug‘bek, kalom ilmining yetuk allomasi Imom Moturudiy, o‘zbek tilining asoschisi, jahon adabiyoti tarixidagi porloq yulduz hazrat Alisher Navoiy va yana shunga o‘xshash minglab aziz avliyo, olimu ulamo, fozilu fuzalolarni misol keltira olamiz.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sergeli tumani 47-maktabning 8-9-sinf o‘quvchilari va ularning ustozlari ishtirokida "Buyuk allomalarimiz yoshlar nigohida" nomli adabiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining adabiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Yosh avlodning o‘z allomalarining hayoti va ijodi, meros bo‘lib qolgan ilmlarga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib borayotgani alohida e’tirofga loyiq. Zero tarixni bilmay turib, mustaqil, ilmli kelajakni barpo etish imkonsizdir.
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/HQSItLzvLK8" title="Buyuk allomalarimiz yoshlar nigohida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov