14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Andijon shahridagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar o‘rtasida burchga sadoqat, vatanparvarlik, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.  

Keyingi yillarda harbiy qismda qator tarkibiy-tashkiliy o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari  amalga oshirildi. Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot xonalari maxsus jihoz va uskunalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, mashg‘ulot maydonlari, yotoqxona, sport zali ta’mirdan chiqarildi. Amalga oshirilgan bu ishlar harbiy xizmatchilarning professional malaka va jangovar shayligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.  

– Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ma’naviyati, siyosiy bilimlarini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Davronbek Toshmatov. – Xususan, harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan siyosiy o‘qishlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, sport musobaqalari askarlarning siyosiy bilimi, ma’naviyatini boyitishga, qolaversa, bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tishiga yordam bermoqda.  

Harbiy qism axborot-kutubxona markazi siyosiy, harbiy vatanparvarlik mavzularidagi hamda badiiy adabiyotlardan iborat 8 mingga yaqin nomdagi kitob fondiga ega. Markazda askarlarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Bundan tashqari, har bir vzvod va bo‘linma kazarmasida ham maxsus kitob javonlari tashkil etilgan bo‘lib, turli adabiyotlar, gazetalarning yangi sonlari bilan to‘ldirib boriladi.  

Askar, serjant va zobitlar o‘rtasida siyosiy-ma’naviy o‘qishlar, xalqimizning buyuk siymolari, xususan, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur singari jahonga mashhur sarkardalar hayoti, olib borgan ishlari, harbiy sarkardalik mahorati, ijodini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib borilmoqda.  

Ayniqsa, “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Vatan himoyasi – muqaddas burch”, “Kitob – mening do‘stim”, “Ibratli hayot sohiblari”, “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”, “Buyuk ajdodlarimizga munosb avlod bo‘lamiz” singari ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuv va muloqotlar hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari askarlarning ma’naviyatini boyitishga, ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimizga, tariximizga hurmat, ona Vatanga, harbiy burchga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.  

– Askar ko‘p o‘qishi, izlanishi, harbiy mashg‘ulotlarda faol, siyosiy jihatdan yetuk va yuksak ma’naviyatli bo‘lishi kerak, – deydi oddiy askar Oybek Hamroyev. – Ayniqsa, xalqimiz tarixidagi buyuk harbiy sarkardalar hayoti, asarlari haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishi uning harbiy bilim va salohiyati yuksak bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Harbiy qismda o‘tkazilayotgan “Uch avlod uchrashuvi”,  “Ochiq eshiklar kuni” singari tadbirlarga viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchi va o‘qituvchilari tashrif buyurib, harbiylar hayoti, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayoni, qurol-aslahalar ko‘rgazmalari bilan tanishmoqda. Shuningdek, harbiylar va o‘quvchilar o‘rtasidagi uchrashuvlarda harbiy burch, Vatan himoyasi muqaddas ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirilmoqda.  

– Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur harb san’atini yaxshi bilgan sarkarda sifatida mashhur bo‘lgan, – deydi harbiy kism komandirining madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, madaniyat markazi rahbari Farog‘atxon Hayitova. – Buyuk sarkarda o‘zining “Boburnoma” va boshqa asarlarida harb san’ati haqda juda ko‘p ma’lumotlar yozib qoldirgan.  

[gallery-15359]

Askarlarning Bobur bobomizning hayoti, ijodi va harb san’atini chuqur o‘rganish, harbiy san’ati borasidagi bilimlarini boyitish, shuningdek, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan  “Zahiriddin Muhammad Bobur izidan” deb nomlangan zakovat-intellektual o‘yini ham askarlarning harb san’atini chuqur o‘rganishiga yordam bermoqda.

Umuman, harbiy qismda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan yuqoridagi kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar, targ‘ibot tadbirlari natijasida harbiy xizmatchilarning jangovar salohiyati, burchga sadoqat, tariximizga hurmat va  vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada yuksalmoqda.  

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar kamol topmoqda