Buxoroliklar soğlom hayot sari birlaşdi
Buxoroda aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy faollikni ommalaştiriş hamda OIV infeksiyasi profilaktikasi böyiça xabardorlikni oşiriş maqsadida “Soğlom hayot sari” şiori ostida ommaviy yuriş marafoni ötkazildi.
«Köhna va boqiy Buxoro majmuasi»dagi istirohat boğida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-öqituvçilari, talabalari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirda salomatlikni asraşda muntazam jismoniy faollikning ahamiyati, OIV infeksiyasining oldini oliş hamda aholining tibbiy savodxonligini oşiriş xususida söz yuritildi.
[gallery-32756]
Marafon aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş madaniyatini şakllantiriş, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA