Tarixga nazar tashlasak, bir daryodan suv ichgan, tili, dini, qadriyatlari o‘xshash bo‘lgan o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stlik va birodarligi uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

Masalan, gilamdo‘zlik hunari o‘zbek va turkman xalqlari uchun birdek qadrli bo‘lgan amaliy san’at yo‘nalishi bo‘lib kelgan. Bu hunar turi har ikki xalqning ham milliy iftixori va g‘ururiga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Ayniqsa, turkman gilamlari o‘zining tabiiyligi, rangdorligi, naqshlarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. O‘zbek gilamlarining ham bu kabi e’tirof etadigan jihatlari ko‘p. Keyingi yillarda turkman va o‘zbek gilamdo‘zlari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Buxoro shahrida “SD Turkman hali” korxonasiga  asos solingani fikrimiz dalilidir. 

Bugun mazkur korxonada turkman va o‘zbek to‘quvchilarining sa’y-harakati bilan turkman xalqining gilamlari ishlab chiqarilmoqda. Gilamlar qo‘y juni va ipakdan tayyorlanadi. Turkmanistonda galam to‘qish uchun mayin va momiq jun beradigan qo‘y zotlari maxsus boqiladi. Bu turdagi gilamlar o‘zining ranglarining yorqinligi, momiq va yumshoq hamda yengilligi bilan ajralib turadi. Gilamning hajmi va to‘quvchining mahoratiga qarab, bir dona gilamni tayyorlash uchun 10 kundan 60 kungacha vaqt talab etadi. Ana shunday o‘ziga xos xususiyatlarga ega turkman gilamlari bugun buxorolik xotin-qizlar qo‘lida sayqal topmoqda.

– Bizga shunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatgan ikki davlat rahbarlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi gilamdo‘z Annabaxt Daryoyeva. – Korxonamizning ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Shunga qaramasdan, buxorolik xotin-qizlarga turkman gilamlarini to‘qish sirlarini qunt bilan o‘rgatganimiz juda qisqa vaqt ichida o‘z samarasini berdi. Bu jarayonda ularning ishtiyoq bilan harakat qilishlari ham muhim o‘rin tutadi, albatta. Bugun ularning ishlari bizning mahoratli to‘quvchilarimiz to‘qiydigan gilamlardan sira qolishmaydi, deb bemalol ayta olaman. 

Turkman gilamlari shu xalqning milliy brendi hisoblanadi va har yili may oyining so‘nggi yakshanbasi Turkmanistonda milliy bayram – gilam ya’ni – hali bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Buxorodagi “SD Turkman hali” korxonasida ham bayram tadbiri tashkil etildi. Unda turkmanistonlik mutaxassis va gilamdo‘zlar bilan bir qatorda o‘nga yaqin davlatlardan kelgan mehmonlar, turistik firma vakillari ham ishtirok etdi. 

Mazkur korxona tomonidan turkman elining milliy bayrami ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Dastlab, tadbir ishtirokchilari Buxorolik mashhur zardo‘z Mahfuza Salimova rahbarlik qilayotgan “Malika Sulton” oilaviy zargarlik korxonasida bo‘ldi. Bu yerda ular buxorolik zardo‘z xotin-qizlarning ish faoliyati, ularning qo‘llarida sayqal topayotgan milliy liboslar, zardo‘zlik mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

– Men ushbu tadbirga Qozog‘istondan keldim, – deydi qozog‘istonlik Slijana Atanova. – Ko‘plab davlatlarning milliy an’ana va urf-odatlardan xabardorman. Shu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib boryapman. Sharq xalqlarining havas qilsa arzigulik amaliy san’at namunalari bor. O‘zbekistonda kulolchilik, kashtado‘zlik, gilamchilik kabi ko‘plab hunarmandchilik turlari taraqqiy etganini yaxshi bilaman. Tadbir bahonasida zardo‘zlik hunarining sirlari bilan yana bir bor yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldim. O‘zbekiston va Turkmaniston gilamdo‘zlari o‘rtasida hamkorlikda ish boshlangani e’tirofga loyiq. 

[gallery-23701]

– Sharq mamlakatlarining aksariyatida bo‘lgani kabi bizning Ozarbayjonda ham gilamdo‘zlik juda qadim zamonlardan buyon davom etib kelmoqda, – deydi tadbirkor Alisafa Nuriyev. – Yurtimizda gilam to‘qish bilan mashg‘ul bo‘lib kelayotgan aholi maskanlari, mahoratli va tajribali ustalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Har yili Ozarbayjonda gilam bayrami tadbirlarini o‘tkazamiz. Unda buxorolik ustalar ham ishtirok etadi. O‘zbek gilamlarining ham, turkman gilamlarining boshqa davlatlar mahsulotlari o‘rtasida o‘z o‘rni bor. Har ikki davlat to‘quvchilari ham rang va naqsh uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, xomashyo sifati va rangdorligi nazardan chetda qolmaydi. Bugun shuni quvonch bilan ayta olaman, texnika va texnologiyalar taraqqiy etgan davrda yashayotgan bo‘lsakda, qo‘l mehnati bilan tabiiy xomashyodan tayyorlangan gilam va to‘quvchilik mahsulotlariga talab juda yuqori. 

Bo‘lib o‘tgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir o‘zbek va turkman hunarmandlari, xususan, gilamchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ustalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, turistik salohiyatni oshirishga bir qadar hissa qo‘shishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroliklar qo‘lida sayqal topayotgan gilamlar