Sohibqiron bazmida qatnashgan elchi, Samarqand Registonini barpo etgan hokim, Shukur Burxonov tavalludining 110-yiligi va 15-sentyabr sanasi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar bayoni.

Sohibqiron bazmida qatnashgan elchi, Samarqand Registonini barpo etgan hokim, Shukur Burxonov tavalludining 110-yilligi va 15-sentyabr sanasi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar bayoni.

1404-yil (bundan 616-yil oldin) – ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning guvohlik berishicha, Sohibqiron Amir Temur Samarqanddagi bir ajoyib bogʻda ziyofat beradi. Ammo Klavixo bu bogʻning nomini yozmagan boʻlsa-da, uning goʻzalligini yaxshi tasvirlagan. Jumladan, bogʻdagi Sohibqiron oʻtiradigan xona devorlariga pushtirang shoyi matolardan pardalar tutilib, ularga zumrad, marvarid va boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan.

Uning oʻrtasida oltindan ishlangan ikkita stollar qoʻyilib, ularning ustiga yettita oltin koʻra (idish) qoʻyilgan. Koʻralarning ikkitasi yirik marvarid, zumrad va feruzalar bilan bezatilgan. Har biriga zihicha yoqut yopishtirilgan. Bundan tashqari, stol ustida oltita oltin kosa qoʻyilgan. Ulardan birining ichi yirik, oppoq marvaridlar bilan bezatilgan. Kosaning oʻrtasiga yoʻgʻonligi ikki barmoq keladigan tiniq rangdagi oq yoqut yopishtirilgan.

1563-yilda (bundan 457-yil oldin) – Joʻybor xojalarining mashhur namoyondasi, Buxoro shayxulislomi Xoja Islom 73 yoshda vafot etdi. Xoja Islomning katta oʻgʻli Mahsumzoda (ruhoniylarning oʻgʻillarini mahsum; kichigini esa mahsumcha laqabi bilan atar edilar) Xoja Saʼdiddin boʻlajak Buxoro xoni Abdullaxonni va butun hokim, sultonlar va zodagonlarni janozaga taklif qiladi.

Abdullaxon Korakoʻl viloyatida ov qilayotgan edi. U va boshqa ayonlar Sumiton mavzeiga Islom Xoja janozasiga yetib keladilar. Joʻyboriy Xoja Islom jasadi Abu Bakr Saʼdning qibla tomonida, yaʼni Islom Xojaning bosh tomonn uning koʻkragiga toʻgʻri qilib dafn qilinadi. Xoja Muhammad Islom saxovatli va muruvvatli inson boʻlgani uchun Buxoro xalqi tomonidan “Qutbul gʻavs” (“Madadkor qutb”), yaʼni avliyo deb eʼzozlangan.

1576-yil (bundan 444-yil oldin) – ashtarxoniylar davridagi harbiy-mulkdor zodagonlarning yirik vakili, 1626-yildan Samarqand hokimi boʻlgan Yalangtoʻshbiy Bahodir tavallud topdi (vafoti 1656-yil). U mamlakatda xondan keyingi eng badavlat shaxs boʻlgan. Yalangtoʻshbiy obodonchilik, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, jumladan, Samarqandda Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi, Maxdumi Aʼzam masjidi, xonaqosi va boshqalarni qurdirgan.

1859-yil (bundan 161-yil oldin) – tarixchi Avaz Muhammad Attor Hoʻqandiyning yozib qoldirishicha, shu kuni oy tutilishi yuz beradi. “Tarixi jahonamoy” asarida bu voqea quyidagicha tasvirlanadi: “1276-yilning muharram oyining oʻn oltisi oqshomi oy tutilishi roʻy berib, oyning tamomi sathini qamrab oldi va uch soatga yaqin olam nujumi qorongʻu boʻlib, barcha kichik-katta zor va tazarru bilan janob maliki mannon sari yuzlandilar va duo ijobatini qabul nishoniga yetkazgach, oy yuzi kam-kam ochilib, zulmat olami ravshanlikka aylandi”.

1910-yil (bundan 110-yil oldin) – Oʻzbekiston xalq artisti Shukur Burxonov tavallud topdi (vafoti 1987-yil). U 1928-yildan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da ishlagan. Shukur Burxonov Shoh Edip roli bilan sahnada katta iz qoldirdi. Hamlet obrazida esa qaynoq qalbli, joʻshqin, qudratli inson sifatidagi fazilatlarni mohirona talqin etdi. U oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi.

1930-yil (bundan 90 yil oldin) – Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti boshlangʻich umumiy majburiy taʼlimga oʻtish toʻgʻrisida dekret chiqardi. Shu tariqa, Oʻzbekistonda qadim zamonlardayoq taʼlim tizimi keng tarmoq yoygan boʻlishiga qaramay, umummilliy miqyosda umumiy taʼlim rasman joriy etildi.

1939-yil (bundan 81 yil oldin) – Katta Fargʻona kanali hashar yoʻli bilan qurib bitkazildi. Uni qurish ishlari 1-avgustda boshlangan edi. Bu haqda I. Toʻxtasinov shunday yozgan edi: “Katta Fargʻona kanali haqida koʻp maqtovlar aytiladi. Yoziladi, Milliy qahramonlik! Koʻz koʻrmagan koʻtarinkilik! Ommaviy mehnatning shon-shavkati! Afsonaviy bahodirlik! Ha, aslida, ham shunday boʻlgan edi. Sodir boʻlgan qiyinchiliklar-chi? Murakkab muammolar-chi? Tashkiliy masalalar-chi? Oʻylab koʻring, tarixda 160 ming kishilik tinch qurilish armiyasiga kim rahbarlik qila olgan? 45 kunda 270 kilometr kanal qazib tugatilgan! Quruvchilar ixtiyorida nimalar bor edi oʻzi? 11881 ta arava, 7205 ta koʻtarma zambil-gʻaltak. Asosiy qurol – ketmon”.

2002-yil (bundan 18 yil oldin) – Toshkentning “Turkiston” saroyida birinchi marta estrada sanʼatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshiq va kuylar taqdimot festivali – “Oltin humo” oʻtkazildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroliklar joʻyboriy avliyo shayxni soʻnggi yoʻlga qanday kuzatganlar?