G‘ijduvon tumanidagi Zarangare mahallasiga kirib borishingiz bilanoq futbol maydonchasida to‘p surayotgan yoshlarga ko‘zingiz tushadi. Sportga qiziqishi tobora ortayotgan o‘nlab zarangarelik bolalar yonida yaqinda to‘qson yoshini nishonlaydigan Mehmon bobo Rahmatovga ham ko‘zingiz tushadi.

Eng muhimi, boboning soch-soqoli oqargan bo‘lsa-da ko‘ngli xuddi yigirma- o‘ttiz yoshli yigitlarnikiday yosh. U darvozaga gol urayotgan yoshlarni ko‘rganida zavqlanganidan qiyqirib, xursandligini oshkora namoyon qilayotganini anglab, hayratingiz yanada oshadi. Hatto o‘zi ham ana shu bolalarga qo‘shilib to‘p surgisi kelayotganday joyidan irg‘ib turib ketadi.

O‘n yili kam bir asr yashayotgan nuroniy buncha g‘ayratu quvvatni qaydan olgan? Nega uning butun vujudidan xursandchilik,shijoat yog‘ilib turadi?

– Buning siri oddiy, – deydi Mehmon bobo Rahmatov. – Tong sahardan sayrga chiqib ketaman. Qariyb besh chaqirim piyoda yuraman. Tarki odat, amri mahol, deganlariday uzoq yillardan buyon ko‘proq harakat qilishga odatlanganman. Ehtimol, boshqa sabablari ham bordir. Chunki men ko‘p ovqat yeyishni yoqtirmayman. To‘g‘ri, yoshligimdan go‘sht tanovul qilishni, ayniqsa qo‘y etini, qatiq va sutni xush ko‘raman. Ammo hamma narsada ham me’yor bo‘lgani yaxshiroq. Istaralik Rohat momo Xudoyqulova ismli opam burnog‘i yili to‘qson sakkiz yoshida bu yorug‘ olamni tark etdilar. Rohat opam aytar edilarki, ukam, harakat qiling, doimiy ravishda mehnat qilib, nima bilandir mashg‘ul bo‘lgan kishi hech qachon qarimaydi, der edilar. Uning ukalari - amakilarim mulla Qarshi bilan Eshonqul ham salkam to‘qsonga yaqinlashdi..Men juda uzoq yillar G‘ijduvondagi kolxozlarda traktorchi bo‘lib, faqat bir kasbda ishlaganman. Ertadan kechgacha dalada ter to‘kib mehnat qilar edik. Hali yer haydash, chigit ekish, kultivatsiya, g‘o‘za qator  oralariga ishlov berish, hasharotlarga qarshi kurash uchun zaharli ximikatlarni traktor yordamida sepish...Ehhe, yil-o‘n ikki oy paxtazordan beri kelmas edik. Mana Ollohga shukur, Istiqlol tufayli mashaqqatlar ortda qolib ketdi.

–Ana shunday ijobiy fazilatlaringiz, harakatchanlik, ishchanligingiz  farzandlaringizga ham yuqqanmi? – dedim Mehmon boboga sinovchan tikilib.

– Ollohga shukur, o‘n bir nafar o‘g‘il-qizim borligidan nihoyatda xursandman. Ularning barchasi uyli-joyli bo‘lib ketishgan. Salkam yuz nafarga yaqin nevara-chevaralarim bor. Ayniqsa, Ne’mat, Ismat, Hikmat, Abror, Asror, Ahror, Avaz singari o‘g‘illarim doimiy ravishda mehnat qilishga intiladilar. Qizlarim ham aqlli, mehnatkash. Halol rizq topish uchun turli kasblarda tinmay ishlaydilar. Shu boisdan ro‘zg‘ori but, ko‘ngli chog‘. Hozirgi zamonda ishlagan odam hech qachon xor bo‘lmaydi.

Mehmon bobo men bilan gurunglasha turib qo‘liga bel oldi-da, tomorqasidagi bog‘larni sug‘orishga kirishib ketdi. So‘ngra suhbatni davom ettirdi.

–Buxorodagi tarixiy yodgorliklarni, ayniqsa Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasini hamisha piyoda aylanib, ziyorat qilishdan erinmayman, – dedi ariqlardagi suvni boshqarar ekan. – Gapning ochig‘ini aytaymi, doimo hayotdan zavq olib yashash kerak. Teatrga tushib turaman. Televizordan mazza qilib qo‘shiq tinglayman. Sayohat qilishni yaxshi ko‘raman. Yaqinda Surxondaryo bilan Qashqadaryo viloyatlariga borib kelganimning boisi ham shunda. Otam Rahmatulla bobo Jumag‘ulov Amir Olimxonning saroyida xizmat qilganlar.

Mehmon bobo chaqqon. Quvnoq. Yumorni sevadi. Askiyaga qiziqadi. Umr yo‘ldoshi Saliya opa unga ba’zan ertaklar, rivoyatlar aytib berganida soatlab tinglab o‘tirishni xush ko‘radi. Hozir ham ko‘zoynak taqmasdan tarixiy asarlarni, jurnallarni  o‘qib o‘tirishni kanda qilmaydi.

To‘qsoninchi bahorini qarshilayotgan Mehmon boboga qarab turib hamon quvnoq va chaqqonligiga havas qildim. Bugungi yoshlarga har jihatdan o‘rnak bo‘layotgan keksalar hamisha omon bo‘lsin, deya suhbatni yakunlaging, XX va XXI asrning mashaqqatli va sharafli damlarini shodon, serfayz, matonat bilan o‘tkazishda davom etayotgan baxtli nuroniyga tasannolar aytging keladi.

Jovli Xushboqov, O‘zA muxbiri  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik to‘qson yoshli Mehmon bobo Rahmatov quvnoq va g‘ayratli bo‘lishga qanday erishayotir?