FOTOREPORTAJ
O‘tgan 2024 yilda Buxoro viloyati ta’lim tizimida ham yaxshi natijalar qayd etildi. Xususan, umumta’lim maktablarini tamomlagan 21 ming 937 nafar 11-sinf bitiruvchisining 12 ming 797 nafari yoki 58,3 foizi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan o‘rtacha ballari 89,2 foizni tashkil etdi.
[gallery-21138]
Shuningdek, iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodini rivojlantirish maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan bir qancha respublika va xalqaro fan musobaqalarda buxorolik o‘quvchilar mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Jumladan, 2024 yilning 25-30 mart kunlari Turkmaniston davlatida o‘tkazilgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan 8 nafar buxorolik o‘quvchining 7 nafari (1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza) yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 9-14 iyun kunlari ilk bor Buxoro shahrida o‘tkazilgan buyuk olim, tibbiyot ilmining dahosi Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 4 nafar o‘quvchi alohida jamoa sifatida ishtirok etib, 2 nafari oltin va 1 nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda aytadigan bo‘lsak, yakunlangan 2024 yilda Respublika fan olimpiadalarida 7 ta sovrinli o‘rin (4 ta 1-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin) qayd etilgan bo‘lsa, xalqaro fan olimpiadalarida 22 ta (3 ta oltin, 7 ta kumush, 12 ta bronza) medali qo‘lga kiritildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA