Buxorolik o‘quvchilar bilimini sinovdan o‘tkazmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosida o‘tkazilayotgan kirish imtihonlarida 5-sinf uchun aniq fanlar yo‘nalishi, 7-sinf uchun tabiiy fanlar yo‘nalishida o‘quvchilar kirish imtihonlarini topshirmoqda. Shuningdek, 8-9-10-sinflarning bo‘sh o‘rinlari uchun imtihonlar o‘tkazilmoqda.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. Imtihonlar uch smena - 8:00, 12:00 va 17:00da tashkil etilmoqda.
[gallery-12942]
Ta’kidlash joiz, 2023/2024 o‘quv yili uchun viloyatdagi 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 6397 nafar o‘qish istagidagi talabgor hujjat topshirgan.
Imtihonlar 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA