Buxorolik fidoyilarga esdalik nishonlari topshirildi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir guruh buxoroliklarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, inson qadri, huquq va manfaatlarini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
[gallery-31120]
O‘z mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan insonlarning xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar orasida davlat va jamoat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va san’at, sport, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, qurilish va boshqa sohalarda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlar bor.
Taqdirlanganlar mamlakatimizda inson mehnati va fidoyiligi yuksak qadrlanayotganini ta’kidlab, ko‘rsatilayotgan e’tibor va yuksak e’tirof uchun minnatdorlik bildirdi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA