Taklif

O‘zbekistonimiz aholisining asosiy qismini, aniqrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 96 foizini musulmonlar tashkil etadi. Islom ‒ biz uchun muqaddas din. Milliy ma’naviyatimiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, adabiyotimiz, san’atimiz, umuman, fe’l-atvorimiz, tiynatimiz asrlar mobaynida aynan ana shu ta’limot asosida shakllangan.

Sho‘ro davridagi kuchli dahriylik siyosati ham bu dinni qalbimizdan to‘la quvib chiqara olmadi. Shunday bo‘lsa-da, u qilarini qilib ulgurdi. Din masalasidagi bilimlarimizda katta uzilishlar paydo bo‘ldi. Oqibatda juda katta bo‘shliq yuzaga keldi. O‘tgan 30 yillik mustaqillik davri ham chorak kam bir asrlik xudosizlik siyosati asoratlarini batamom bartaraf eta olmadi.

Da’vomiz quruq bo‘lmasligi uchun bir-ikki misol keltiramiz.

Kasb taqozosiga ko‘ra, oliy ma’lumoti bo‘lgan fuqarolarimizga ma’naviyat asoslaridan dars o‘tish, ma’ruza o‘qish yoki nutq so‘zlashga to‘g‘ri keladi.  

“Islom dini qachon paydo bo‘lgan?” ‒ degan oddiygina savol beramiz ularga. Aniq-tiniq javob ololmaymiz. Holbuki, bu savolga ikki xil javob berish ‒ mumkin.  

Umumiy ma’noda, islomiy e’tiqodga ko‘ra, islom dini Odam Atodan paydo bo‘lgan va u zot butun bashariyatning otasi, birinchi payg‘ambar (a.) hisoblanadi. Odam Ato(a.)dan toki Muhammad payg‘ambar(s. a. v.)gacha o‘tgan 124 ming payg‘ambar(a.)larning bari  ‒ “islom payg‘ambari” deya tan olinadi.  

Xususiy ma’noda, islom dini Muhammad payg‘ambar(s. a. v.)ga birinchi oyat nozil qilingan milodiy 610 yildan boshlanadi. To 632 yilgacha payg‘ambarimiz(s. a. v.)ga Qur’on oyatlari vahiy qilinib turgan. Shu tariqa Rasululloh (s. a. v.) umrlarining oxiriga kelib islom oxirzamon dini sifatida to‘liq shakllanib bo‘lgan. Qur’onda va’da qilingani kabi, endi to qiyomatga qadar odamzodga boshqa payg‘ambar yuborilmaydi.

Tinglovchilar o‘rtasiga yana bir oddiy, ammo aniq-tiniq javob talab qiladigan savolni tashlaymiz: “Islom O‘zbekistonimizga qachon kirib kelgan?” Afsuslar bo‘lsinki, ko‘pincha bu savolga ham pichoqqa ilinadigan tayinli javob ola bilmaymiz.

Holbuki, uzoq xorijdan kelgan, amalda tamoman boshqa din vakili bo‘lgan ko‘p-ko‘p sayyohlar biz bergan bu ikki savolga aniq javobni biladi. Chunki ular bir mamlakatga borishidan oldin nashriy manbalar yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda u haqdagi muhim-muhim ma’lumotlarni o‘rganadi, tasavvurlarini kengaytirib, ilman “qurollanib” oladi. Kelib, shu bilganlarini real voqelikka solishtiradi ham.

Aholisining yarmidan ko‘prog‘i islom diniga e’tiqod qiladigan yurtlar musulmon mamlakatlar hisoblanadi. Bu jihatdan fuqarolarining katta qismini pravoslav nasroniylar tashkil etadigan Rossiya Federatsiyasi musulmon mamlakatlar safiga kirmaydi. Bu yurtda 20 milliondan ortiq fuqarogina musulmon millatlar vakillari hisoblanadi. Bu umumaholining bor-yo‘g‘i 15 foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Shunga qaramasdan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin shu yilning 28 aprelida kelasi 2022 yili Volga Bulg‘oriyasi islomni rasman qabul qilganining 1100 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlashni ta’minlash maqsadida 102-sonli farmoyish qabul qildi. Shu asosda Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov  shu yilning 4 iyunida o‘zining 434-sonli “Volga Bulg‘oriyasi islomni rasman qabul qilganining 1100 yilligini bayram qilish to‘g‘risida”gi farmonini imzoladi.  

Xabaringiz bor, ICESCO tomonidan 2020 yilda Buxoro shahri “Islom  olami madaniyati poytaxti” deb e’lon etilgan edi. Pandemiya tufayli bu ko‘ngildagidek tantana qilinmadi. 2007 yili Toshkent shahri ham xuddi shunday sharafga ega bo‘lgan edi.  

Shuni unutmasligimiz ‒ kerakki, islom dini mamlakatimizga ilk bor aynan Buxoro orqali kirib kelgan. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) vafotlaridan 73 yil o‘tib, ya’ni milodiy 705 yili  Abu Hafs Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy Xuroson amiri (noibi) etib tayinlanganidan keyin Xuroson va Tohariston(Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘oniston hududlari)ni to‘la arablarga bo‘ysundirdi.

707 yili Poykent  (hozirgi Qorako‘l tumani hududi) va Romitanni, 709 yili Varaxsha (hozirgi Jondor va Peshko‘ tumanlari hududlari), Vardona (hozirgi Shofirkon tumani hududi) va Buxoroni, 710 yili Shuman, Kesh (hozirgi Shahrisabz tumani hududi), Nasaf (hozirgi Qarshi shahri va uning atrofidagi hudud)ni,  712 yili Xorazm va Samarqandni, 713 ‒ 715 yillarda Shosh (Toshkent shahri va uning atrofidagi hudud), Farg‘ona va Koshg‘arni arab xalifaligiga tobe etdi (Qarang: R a j a b o v  Q. Qutayba ibn Muslim. // O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T. 11. ‒ Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005. ‒ B. 170).

Ana endi yana bir savol o‘rtaga tushadi: xo‘sh, O‘zbekistonimizda dastlabki masjid qachon va qayerda bunyod etilgan?

Bu savol ham har qanday musulmon ummatni qiziqtiradi va uning tarixan muhim ahamiyatga ham ega ekaniga hech qanday shubha ‒ yo‘q.  

Butun Movarounnahrdagi ilk jome masjid ham 712/713 yili aynan Buxoro shahrida Ark qal’asi yonida qurildi. Qutayba keyinchalik boshqa shaharlarda ham masjidlar bunyod ettirdi.

Shuni ham eslatib o‘taylikki, Markaziy Osiyodagi dastlabki tizimli madrasa ham aynan Buxoro shahrida bunyod etilgan. XIX asr tarixchisi Al-Xavonsoriyning “Ravzat ul-jannot” (“Jannat bog‘lari”) kitobida qayd etilishicha, birinchi qurilgan madrasa Buxoroda bo‘lgan. Bu fikrni XX asrda islom madrasalari tarixini mufassal o‘rgangan iroqlik professor Nojiy Ma’ruf ham ma’qullaydi.

Shu paytgacha ilmda, saljuqiy vazir Nizom ul-Mulk milodiy 1066 yili Bag‘dodda barpo etgan madrasa ‒ islom sivilizatsiyasi tarixidagi birinchi tizimli madrasa, degan qarash mavjud edi. Ammo manbalarda bu madrasadan qariyb  ikki yarim asr burun Buxoroda tizimli madrasalar bo‘lganini  isbotlaydi. Abu Hafs Kabir madrasasi (u “Hafsiya” deb ham atalgan) Buxorodagi eng qadimiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan. Hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlari ham shu madrasada ta’lim olgan. Xuddi shu yillarda Buxoroda Kalobod (Gulobod) hamda G‘aribiya oliy  madrasalari ham qad rostlagan. Buyuk tarixchi Muhammad Narshaxiy milodiy hisobda 937 yili may-iyun oyida Forjak madrasasi yonib, vayron bo‘lganini yozadi. Bu Buxorodagi IX asrdan faoliyat olib borgan qadimiy madrasalardan edi.

Shu tariqa Buxoro islom olamidagi yirik ilmiy markaz sifatida katta shuhrat qozondi. X asr adabiyotshunosi Abu Mansur as-Saolibiy Buxoroni “Masobat ul-majd” (“Buyuklik cho‘qqisi”), “Ka’bat ul-mulk” (“Mamlakat ka’basi”), “Mujtame’ afrod uz-zamon” (“Zamon nodirlari jamlanadigan maskan”), “Matla’u nujumi udabo al-arz” (“Yer ahli adiblari yulduzlari chiqar makon”), “Mavsimu fuzalo ad-dahr” (“Zamon fozillari to‘planadigan yurt”)  deb ta’rif beradi. XI asr olimi Al-Yoqutiy: “Buxoro ‒ faqihlar mujammasi (akademiyasi) va fozillar makoni. Buxoroliklardek ilm ahliga ehtiromliroq boshqa shahar xalqini ko‘rmaganman”, ‒ deb yozgan.

XVII asr tarixchisi Ahmad ibn Yusuf al-Qirmoniy “Axbor ud-duval va osor ul-avval fi-t-tarix” kitobida: “Buxoro — fazilatini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan shahar. U ‒ iymon qubbasi (gumbazi), ulamo, obid, solih va zohidlar mujammasi (akademiyasi)”, ‒ deya ta’riflagan.  

Bir muhim jihatni esdan chiqarmaylikki,  yurtimizga islom dinini olib kelgan sarkarda Qutayba ibn Muslimning qabri ham ‒ O‘zbekistonimizda. Uni xalqimiz, mana, 13 asrdan oshiqroq davrdan beri e’zozlab kelyapti. U Andijon viloyatining Jalolquduq tumanidagi Kox qishlog‘ida dafn etilgan. Hozir u ‒ bir bog‘ning ichida.

Tarixchilarning manbalarga tayanib ma’lumot berishicha, Qutayba yangi xalifa Sulaymon(u 715 ‒ 717 yillari hukmronlik qilgan)ga bo‘ysunmay qo‘ygan. Bu esa Movarounnahrdagi arab qo‘shinlari o‘rtasida norozilikka, oxir-oqibat isyon ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Isyonchilar 715 yili 55 yoshli Qutaybani qatl etishadi.  

Tarix ‒ juda murakkab jarayon. Achchiq haqiqat ‒ shuki, uni jamiyat badanidan kesib tashlashning hech iloji yo‘q. Har qanday o‘tmish xalqning taqdiriga bitilgan bo‘ladi. Ammo har davr, har siyosat tarixni o‘z maqsad-muddaolaridan kelib chiqib talqin etaveradi. Binobarin, sho‘ro davrida hukmron siyosat Qutaybaga bosqinchi sifatida qaradi. Buni to‘la inkor etib ham bo‘lmaydi, albatta. Biroq Qutayba bilan birga yurtimizga muqaddas islom dini kirib kelgani ham ‒ ayni haqiqat.

Biz bugun shuni jiddiy inobatga olishimiz ‒ zarur.

Shu tahlillardan ham ma’lum bo‘lyaptiki, mamlakatimizga islom kirib kelganiga 2021 yili 1314 yil to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqida Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida kayd etdi. Yurtboshimiz, jumladan, buyuk muhaddis Imom Buxoriy haqida shunday dedi: “Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy”ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi”.

O‘zbekistonimizdagi islom tarixini ko‘rsatish ham Toshkentda ish boshlagan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bevosita vazifalaridan biri hisoblanadi. Islom tarixi esa bu muqaddas dinning yurtimizga kirib kelishidan boshlanadi.

Jahonda: “Islomning ildizi Arab diyorida bo‘lsa ham, uning daraxti Movarounnahrda meva berdi”, ‒ deganga o‘xshash qarash yuradi. Bu bejiz emas. Imom Buxoriy hadis ilmini, Imom Moturidiy kalom ilmini, Burhoniddin Marg‘inoniy fiqh ilmini, Xoja Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Xoja Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmini butun islom olamidagi eng yuksak cho‘qqiga ko‘tardi. Islom bag‘rida aniq va tabiiy fanlar ham ravnaq topdi.  Muso Xorazmiy,  Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi allomalar yetishdi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi so‘z ustalari o‘zbek tilidagi islomiy badiiy adabiyotni baland pog‘onalarga olib chiqdi.

Gapni uzoqlardan boshlab kelganimizdan ko‘zlangan muayyan maqsad-muddaomiz ‒ bor. Taklifimiz ‒ aniq: yanagi 2022 yili muqaddas islom dini O‘zbekistonimizga kirib kelganining 1315 yilligini xalqaro miqyosda katta tantanalar bilan nishonlash, buning uchun tegishli qonunosti hujjat qabul qilish ‒ zarur.

Sultonmurod OLIM,

filologiya fanlari nomzodi, “Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.  

Komiljon RAHIMOV,  

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, “Naqshbandiya” jurnali tahrir hay’ati a’zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroga islom qachon kirib kelgan?