“Geografik obyektlarni nomlash to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga ko‘ra, geografik obyektlar nomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida davlat reestri yuritiladi.

Kadastr agentligi qonunchilikda belgilangan tartibda geografik obyektlar nomlarini davlat reestriga kiritadi.  

– Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyasining a’zosi va ishchi organi sifatida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi ham bu borada zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasining Buxoro  viloyati boshqarmasi mutaxassisi Mirshod Haydarov. – Xususan, 2023-yil  davomida boshqarma va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan viloyatda mavjud 544 ta mahalladagi 60 ming 178 ta ko‘cha elektron xaritalarda aks ettirilib, belgilangan tartibda toifalar (shoxko‘cha, ko‘cha, tor va berk ko‘cha)ga ajratib chiqildi. Belgilangan reja grafik asosida ushbu ko‘chalar “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reestri”ga kiritiladi. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan ko‘chalarga nom berish hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazgan holda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

Qonunga ko‘ra, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilgani va ularning nomlari o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni o‘n kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart.  

Zarif Komilov, 
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi 60 mingdan ortiq ko‘cha elektron xaritaga kiritildi