Buxorodagi 103 ta masjidda Hayit namozi o‘qildi
Buxoro viloyatida ham Qurbon hayiti bayrami yuksak saviyada nishonlanmoqda.
Erta tongdan viloyatdagi 103 ta jome masjidda hayit namozi o‘qildi. Unda 100 ming nafardan ziyod namozxonlar qatnashdi.
Masjidlarda hayit namoziga yig‘ilgan barcha musulmonlar ushbu qutlug‘ va muqaddas bayram bilan qutlanib, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun yaratganga shukronalar aytildi. Shuningdek, hayit bayrami fazilatlari borasida ma’ruza qilindi.
Xususan, hayit bayrami tarixi, muqaddas islom dini buyurgan ibodatlar, O‘zbekistondagi islom dini rivoji, ma’naviy qadriyatlar yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, mamlakatdagi bugungi farovon hayotning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Qurbon hayitini munosib nishonlash, bu kunni ulug‘ bayram sifatida yaxshi kayfiyatda o‘tkazish lozimligi tavsiya etildi.
[gallery-7887]
Shuningdek, yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida mo‘’tabar yodgorlik va qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda joylarda Qurbon hayiti munosabati bilan ulamolar, imom-xatiblar, faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mutasaddi va saxovatpesha homiylar tomonidan saxovat tadbirlari doirasida kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA