Ko‘hna va boqiy Buxoroda an’anaviy “Qovun sayli” bayrami bo‘lib o‘tmoqda. Sayilning ochilish marosimida shahar-tumanlar hokimlari, viloyatning barcha tumanlaridan kelgan mirishkor dehqonlar, polizkor fermerlar, tomorqa yer egalari, agrosanoat sohasi korxonalari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, xorijiy mehmonlar va keng aholi vakillari qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, yig‘ilganlarni viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Qovun sayli” – mirishkor dehqonlar va polizkor fermerlarning o‘ziga xos hosil bayrami bilan qutlashdi. 

E’tirof etilganidek, yurtimiz, xususan, Buxoro dehqonchiligi, uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan polizchiligi uzoq tarixga ega.  Bugungi kunda davlat rahbarining tashabbusi bilan polizchilikni dehqonchilikning muhim tarmog‘i sifatida rivojlantirayotgan fermer xo‘jaliklari soni ham ko‘payib bormoqda. “Qovun sayli” ular erishayotgan yutuqlarning o‘ziga xos taqdimotiga aylandi. 

“Qovun sayli”ning mustaqillik bayrami tantanalari oldidan o‘tkazilayotganligi ham bejiz emas. Chunki istiqlol g‘allachilik, sabzavotchilik va bog‘dorchilik qatorida polizchilikning ham ravnaq topishiga katta imkon yaratdi. Aynan mustaqillik yillarida yurtimiz tuprog‘i va tabiiy iqlim sharoitiga xos, unut bo‘lib ketgan qovun navlari tiklandi. Sohaga yangi ilmiy asoslangan texnologiyalar joriy etildi, ilg‘or dehqonlarning tajribasi ommalashtirildi. 

Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda dehqonchilikning ushbu tarmog‘ida sezilarli yutuqlarga erishildi. Buning natijasida “Bo‘rikalla”, “Barginay”, “Gulobi”, “Sherozi”, “Amiri”, “Ko‘kcha”, “Dahbehi”, “Toshloqi” singari o‘ttizdan ziyod navdagi qovunlar tanti mirishkorlarimiz tomonidan el dasturxoniga tortiq etilmoqda. 

Har bir tuman uchun ajratilgan va bayramona bezatilgan pavilonlarda qovunlar o‘ziga xos manzarali ko‘rinishda namoyish etilmoqda. Shuningdek, turli meva-sabzavotlar, qandolatchilik, asalarichilik mahsulotlari savdosi ham tashkil etilgan.

Dastlabki kunda viloyatning barcha tumanlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda 612 ta fermer xo‘jaligi tomonidan dehqonlarning mehnati mahsuli ,okufy 7 ming tonnaga yaqin qovun-tarvuz shaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi.

[gallery-24384]

Sayil nafaqat shaharliklar va mehmonlarni, sayyohlarni ham befarq qoldirmayapti. Ular Buxoroning shirin qovunlarini, noz-ne’matlarini tatib ko‘rishmoqda, mehmondo‘st xalqimizning himmatiga yuqori baho berishmoqda, shuningdek, san’atkorlar, folklor-etnografik ansambllarining sahna chiqishlari, diltortar kuy-qo‘shiqlaridan ham bahramand bo‘lmoqda.

Sayilning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham ishtirok etdi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Qovun sayli”