Buxoroda “Prokuratura boği” barpo etildi
Prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz böylab “Prokuraturaning 35 yilligiga — 35 ming tup daraxt” aksiyasi ötkazilmoqda. Buxoroda uşbu ezgu taşabbus doirasida 2 gektardan ortiq özlaştirilmagan yer maydonida yangi boğ barpo etilib, qariyb 3 ming tup manzarali va mevali daraxt köçatlari ekildi.
Vobkent tumanidagi “Xalaç” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan Buxoro davlat örmon xöjaligining Vobkent bölimiga qaraşli mazkur maydon uzoq vaqtdan buyon foydalanilmasdan kelinayotgan edi. Viloyat prokuraturasi taşabbusi bilan Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, Ekologiya va iqlim özgarişi hamda Örmon xöjaligi boşqarmalari hamkorligida bu yerda “Prokuratura boği”ni taşkil etişga kirişildi.
Eʼtiborlisi, bu safargi taşabbus oddiy köçat ekiş tadbiri bilan çeklanmadi. Avvalo, yer maydonini töliq özlaştiriş, uning tuproq unumdorligi va suv taʼminotini yaxşilaşga qaratilgan keng kölamli tayyorgarlik işlari amalga oşirildi.
Xususan, maydon mahalliy öğitlar bilan boyitilib, şudgor qilindi, tekislaş işlari bajarildi. Köçatlarning öz vaqtida va yetarli miqdorda suğorilişini taʼminlaş maqsadida qariyb ikki kilometr uzunlikda ariq qazildi. Buning natijasida nafaqat yangi boğ barpo etilayotgan hudud, balki örmon xöjaligi va oromgoh atrofidagi yerlarning ham meliorativ holati yaxşilandi.

Mazkur jarayonning ahamiyati şundaki, kökalamzorlaştiriş işlarida faqat köçatlar soni emas, balki ularning kelgusida yaxşi unişi va barqaror rivojlanişi uçun zarur şaroit yaratiş ham muhimdir. Boğ barpo etişdan oldin yerning holatini yaxşilaş, suv manbasini taʼminlaş va agrotexnik tadbirlarni bajariş yangi yaşil hududning uzoq yillar davomida saqlanib qolişiga xizmat qiladi.
Yangi boğning barpo etilişiga bağişlangan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori Uluğbek Hamdamov, nuroniylar, prokuratura organlari xodimlari va hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etişdi.
Tadbir avvalida Qurʼoni karim tilovat qilinib, ezgu niyatlar bilan boşlangan obodonlaştiriş işlariga baraka tilab, duo qilindi. Şundan söng sözga çiqqanlar mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasining Buxoro viloyati uçun alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidlaşdi. Darhaqiqat, Buxoroning tabiiy-iqlim şaroiti kökalamzorlaştiriş işlariga alohida yondaşuvni talab etadi. Yozda havo haroratining yuqoriligi, suv resurslarining çeklanganligi, çang-tözon va issiq şamollar taʼsiri hududda yaşil maydonlarni kengaytiriş bilan birga, mavjud daraxtzorlarni asrab-avaylaş va ularni muntazam parvarişlaşni ham dolzarb vazifaga aylantiradi.

Şu nuqtai nazardan, “Yaşil makon” loyihasi doirasida taşkil etilayotgan har bir yangi boğ, yaşil hudud va himoya daraxtzori ekologik barqarorlikni taʼminlaşga qöşilgan amaliy hissadir. Daraxtlar havoning musaffoligini saqlaş, çang miqdorini kamaytiriş, yozgi issiq taʼsirini yumşatiş va tabiiy muvozanatni asraşda muhim örin tutadi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosida bunday taşabbuslarning amaliy ahamiyati qayd etildi.
Tadbir davomida iştirokçilar yangi boğ hududida köçat ekiş işlarida qatnaşdi. Maydonga sadaqayrağoç, şumtol, edor qarağay, qayrağoç, Şarq tuyasi, klyon, katalpa kabi manzarali, şuningdek, olma, gilos, nok va örik kabi mevali daraxtlarning qariyb 3 ming tup köçati ekib çiqildi.
Turli xil daraxt turlarining tanlanişi boğning nafaqat manzarali qiyofasini şakllantiriş, balki hududning tabiiy va ekologik imkoniyatlarini boyitişga ham xizmat qiladi. Kelgusida bu köçatlar ildiz otib, böy çözişi, şox-şabbalari bilan soya-salqin muhit yaratişi, mevali daraxtlar esa öz hosili bilan boğga fayz bağişlaşi kutilmoqda.

Eng muhimi, bu yerda boşlangan işlar kelgusida ham izçil davom ettirilişi, ekilgan har bir niholning parvarişi, suğorilişi va muhofazasiga alohida eʼtibor qaratilişi lozim. Zero, köçat ekiş — xayrli işning boşlanişi, uning natijasini köriş esa muntazam mehnat va masʼuliyatni talab etadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri