Buxoroda otlar paradi tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya ostida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi Otliq kavaleriya otryadi va Chavandozlar maktabi hamkorligida Otlar paradi o‘tkazildi.
“Ark” qo‘rg‘onidan boshlab “Shahriston” maydonigacha bo‘lgan masofada tashkil etilgan paradda mahoratli chavandozlar yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
[gallery-22375]
Ta’kidlash kerak, viloyat chavandozlar maktabi Buxoro tumanidagi Dehchabegi qishlog‘ida joylashgan. Maktabda hozirgi kunda 31 bosh zotdor ot mavjud.
Hozirga qadar maktabda 16 ta seksiya tashkil etilib, ularga 216 nafar shug‘ullanuvchi jalb etilgan. Seksiyalardan 6 tasi “Konkur”, 5 tasi “Uloq-ko‘pkari”, 3 tasi “Uchkurash”, 1 tasi “Polo”, 1 tasi “Poyga va ot ustida kurash” turlariga ixtisoslashgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA