Buxoroda Koreys tili ta’lim va malaka oshirish markazi ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida Koreys tili ta’lim va malaka oshirish markazining ochilish marosimi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida koreys tili yo‘nalishining tashkil etilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent Koreya ta’lim markazi direktori Leye Yong Ung, Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbarlari, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov, shuningdek, pedagoglar, o‘quvchi va talabalar ishtirok etdi.
[gallery-31367]
Ma’lum qilinishicha, yangi markaz koreys tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish hamda yoshlarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida o‘zbek va koreys xalqlarining milliy madaniyatini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Yangi markazning faoliyat boshlashi viloyatda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratish hamda ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim-madaniyat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA