Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Buxoro viloyatida 15 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan.
Ko‘hna va boqiy Buxoroda tili, dini, millatidan qat’i nazar barcha bir tanu, bir jon bo‘lib ko‘chat o‘tqazish aksiyasida o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Ana shunday xayrli ish 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, milliy madaniy markazlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Buxoro shahridagi "Ahmad Donish" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Navoiy shoh hamda Qayum Murtazoyev ko‘chalari kesishmasida viloyatda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillari tomonidan "Do‘stlik bog‘i" tashkil etildi. 11 ta milliy madaniy markazlar vakillari “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida "Do‘stlik bog‘i"da turli xil 150 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Erkin Majidov ishtirok etdi.


Zarif Komilov, O‘zA