Buxoroda Mustaqillik bayramining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Umummilliy birdamlik” festivali boshlandi. Festival ishtirokchilari, avval, G‘ijduvon tumanida joylashgan Abdulxoliq G‘ijduvoniy majmuasini ziyorat qildi.

Shundan so‘ng, G‘ijduvon tumani Tibbiyot texnikumida “Maslahat oshi” loyihasi bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida jamiyatda milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot talablariga mos holda davom ettirish, isrofgarchilikning oldini olish, ijtimoiy birdamlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash maqsadida oilaviy marosimlar, madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ochiq muloqot va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, G‘ijduvon tumani Barkamol avlod bolalar maktabida “Inson qadri” nomli ijtimoiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. “Inson qadri” loyihasi – yoshlar faolligini oshirish, kasbga yo‘naltirish, kam ta’minlanganlar va ijtimoiy himoyaga muhtojlarga ko‘mak berish orqali jamiyatda birdamlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga qaratilgan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda bayram shukuhi