Buxoroda 30 ming 269 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishi kutilmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida ham 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga bugun start berildi.
Jarayonga yuqori tashkiliy darajada tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosi hamda Buxoro shahridagi “Semurg‘” sport majmuasida test sinovlarini topshirmoqda.
23-iyulga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, test jarayonlari ikki smenada tashkil etilmoqda. Har bir smenada viloyat bo‘yicha 1 ming 530 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Shundan Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyati bo‘limi binosida 1 ming 200 nafar, “Semurg‘” sport majmuasida 330 nafar abituriyent test topshiradi. Natijada bir kun davomida jami 3 ming 60 nafar abituriyentning test sinovlarida ishtirok etishi ta’minlanadi.
[gallery-30401]
Joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 30 ming 269 nafar abituriyent oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Test jarayonlarini puxta tashkil etish, har bir ishtirokchi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA