Buxoro shahar  NNT va Do‘stlik uyida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining viloyat bo‘linmasi tomonidan “Hududlardagi ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar yechimiga qaratilgan davlat granti tanlovi yakunlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda mahalliy Kengash deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26 avgustda qabul qilingan 124-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi, davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Hududlarda saqlanib qolayotgan muammolarni fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda hal etish, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida Parlament komissiyasi a’zolari va Jamoat fondi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan joriy yilda respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar o‘rganilib, Parlament komissiyasi tomonidan hududlar kesimida ushbu muammolar yechimiga qaratilgan “Buxoro viloyatida ijtimoiy muammolarni hal etishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish” mavzusida davlat granti tanlovi e’lon qilingan edi.

[gallery-24360]

Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muhofaza va sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan grant tanloviga fuqarolik jamiyati institutlaridan ngo.gov.uz platformasi orqali Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan tanlovlarga viloyatdagi fuqarolik jamiyati institutlaridan viloyat tanloviga 24 ta, respublika tanloviga 32 ta  loyiha taqdim etilgan.

Grant tanloviga loyiha taqdim etish, ularni Parlament komissiyasi tomonidan baholash jarayonlari ilk marta raqamlashgan holda shaffof tizimda ngo.gov.uz platformasida amalga oshirildi.

Taqdim etilgan loyihalar Parlament komissiyasi tomomonidan ko‘rib chiqildi. Viloyatdagi 13 ta fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalari g‘olib deb topildi. Ularga jami bo‘lib, 1 milliard 438 million so‘m garnt mablag‘lari ajratildi. 

-“Salomatlik sari bir qadam” loyihasi doirasida 60 million so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdim, -deydi “Shijoatli ayol” ijtimoiy himoya va ekologiya markazi rahbari Mamlakat Sodiqova. –Mazkur grant loyiha Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari mahallalaridagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholini sog‘lomlashtirishga ko‘maklashiladi. 

Tadbirda tanlov g‘oliblari bilan shartnomalar imzolash va sertifikatlarni topshirish marosimi ham o‘tkazildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Q5AUiGZmPTM" title="Buxoroda 13 ta loyiha g‘olib deb topildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat, video), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 13 ta loyiha g‘olib deb topildi (+video)