Vatanimiz tarixidagi 5 mart sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1283 yil (bundan 742 yil oldin) – tarixchi Fasih Ahmad Xavofiyning qayd etishicha, hijriy 681 yil zulhijja oyining to‘rtinchi kuni (milodiy 1283 yil 5 martda) tarixchi olim va davlat arbobi Alouddin Atomalik Juvayniy vafot etdi. U 1226 yilda G‘arbiy Xurosonning Juvayn viloyati Ozodvor qishlog‘ida tavallud topgan. Xurosondagi mo‘g‘ul hukmdorlaridan Qirko‘z, amir Arg‘un va Xulogu saroyida sohibdevon bo‘lib xizmat qilgan. Qoraqurum shahrida, so‘ngra Bag‘dodda xizmat vazifalarini ado etgan.

Otasi Bahouddin Muhammad Juvayniy o‘z davrining taniqli shaxslaridan bo‘lgan, akasi Shamsiddin bir muddat ukasining davlat idoralarida ishlashiga yordam bergan bo‘lsa, Alouddin Atomalik o‘z navbatida, akasining boshiga tashvish tushganida ko‘mak berib, uning va oilasining hayotini saqlab qolgan. Biroq saltanat ishlarida qatnashish xavfli bo‘lgani kabi amir Arg‘unning o‘limi bahonasi bilan mo‘g‘ul hukmdorlari ularni o‘limga mahkum etib, oilasini qirib tashlagan.

Juvayniy Mo‘g‘uliston, Turon hamda Eronning o‘n uchinchi asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi “Tarixi jahongusho” (“Jahon fotihi tarixi”) nomli shoh asari bilan shuxrat topdi. Asar 3 qismdan iborat bo‘lib, O‘rta Osiyo tarixi uchun asarning 1–2-qismlari alohida qimmatga ega. “Tarixi jahongusho” 2015 yilda Nazarbek Rahimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

1699 yil (bundan 326 yil oldin) – Abudulazizxon va Subhonqulixon davrida saroyda xon oilasi ta’minotchisi (yaroqchi – xon va oilasining ehtiyoji uchun zarur mol va buyumlarni sotib olib keluvchi mansabdor) sifatida faoliyat ko‘rsatgan buxorolik mashhur tarixchi Muhammad Amin Buxoriy taxminan 60 yoshida o‘zining “Muhit at-tavorix” (“Tarixlar dengizi”) asarini yozib tugatdi. Asar fors tilida bitilgan bo‘lib, qadim zamondan to o‘n yettinchi asr oxirigacha voqe bo‘lgan umumiy tarixni yoritadi.  

“Muhit at-tavorix” 37 ta e’tiborli manba asosida yozilgan. Asar ko‘pincha “Subhonqulixon tarixi”, “Turkiston tarixi” va “Ashtarxoniylar tarixi” nomlari bilan ham yuritiladi. Asarda olimlar, xattotlar va naqkoshlar haqida noyob ma’lumotlar mavjud. Masalan, unda temuriyzoda Ulug‘bek musiqashunos sifatida tavsiflanib, beshta musiqiy asar – katta va kichik nog‘oralarda ijro etiladigan “Bulujiy”, “Shodiyona”, “Axloqiy”, “Tabriziy”, “Usuli ravon” hamda “Ulusiy” nomli kuylar muallifi ekani aytilgan.

Asar so‘ngida Buxoro – Balx va Buxoroning Xiva xonligi bilan XVII asrdagi o‘zaro munosabatlaridan tashqari Buxoroda ilm-fan, adabiyot va san’atning rivojlanishi haqida ham diqqatga sazovor ma’lumotlar berilgan. “Muhit at-tavorix”ning zamonimizgacha olti nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Sankt-Peterburg va Parijda saqlanadi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkiston respublikasi Adliya xalq komissarligi davlat idoralari, mansabdor shaxslar tomonidan sudlarning ruxsatisiz, agarda sudlar mavjud bo‘lmasa, Adliya xalq komissarligining roziligisiz fuqarolarni qamoqqa olishni taqiqlovchi buyruq chiqardi. Amalda esa bu jarayon davom etaverdi.

1930 yil (bundan 95 yil oldin) – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rahim Bekjonov tavallud topdi (vafoti 2000 yil). U yadro holatlarining yashash vaqtlarini o‘lchashning yangi uslublarini kashf etgan.  

1944 yil (bundan 81 yil oldin) – O‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga tushirildi. Bundan qariyb ikki yil oldin – 1942 yil 17 iyunda O‘zbekiston SSR hukumatining Bekobodda metallurgiya zavodini qurish to‘g‘risidagi qarorini bajarishga 30 mingdan ko‘proq kishi jalb etilgan edi. 1945 yil fevralda Bekobod metallurgiya zavodining ikkinchi navbati ham mahsulot bera boshladi.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasining maqomi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘zbekiston qonunlari va o‘z nizomi asosida ish ko‘radigan o‘zini o‘zi boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatidagi maqomi belgilab berildi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga kirishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, O‘zbekiston o‘sha yilning 28 sentyabrida Interpolga a’zo bo‘ldi. Bu esa respublika huquq-tartibot organlariga xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlik qilish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkor davlatlarning kuch va vositalaridan foydalanish imkonini berdi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

Qarorga asosan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, Prezident Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatlari tasdiqlangan.  

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.  

Farmonga asosan 2018–2021 yillarda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.  

Qarorga ko‘ra, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etildi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro xonlari saroyida yaroqchilik qilgan mashhur tarixchini bilasizmi?