Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920–1924 yillar)da bojxona tizimi (Buxoro viloyati arxiv materiallari asosida)
Mirjon Mo‘minovich RAXMATOV mustaqil izlanuvchi Buxoro davlat universiteti Buxoro, O‘zbekiston e-mail: rahmatov1778@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada 1920–1924-yillar oralig‘ida mavjud bo‘lgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR)da bojxona tizimining tashkil topishi, faoliyati va rivoji tahlil qilinadi. Buxoro viloyati davlat arxivi hujjatlari asosida tadqiqot olib borilib, hozirgacha arxivda saqlanib qolgan materiallar asosida tarixiy ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi. Maqsad – BXSR davridagi bojxona tizimi faoliyatini arxiv manbalari asosida o‘rganish va baholashdan iborat.
Tayanch so‘zlar: Buxoro, arxivshunoslik, bojxona tizimi, BXSR, Buxoro amirligi, Buxoro arxivi.