Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan sohaga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

– Viloyat hududida yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilishga alohida ahamiyat berilsada, yerlardan noqonuniy foydalanish, ularni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchrayotgani achinarli. Jumladan, boshqarmaning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oy davrida 1 963 ta holatda 49,30 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqladi. Qonunning mazmun mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilib, imtiyozdan foydalanib qolish niyatidagi fuqarolar o‘zlariga ham, soha mutaxassislari va huquq-tartibot idoralariga ham ortiqcha tashvish yaratish hollari kuzatilmoqda, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati sho‘’basi bosh mutaxassisi Abdukarim Toyirov.  

Zero, yurtimizda har bir qarich yer davlat nazoratida. Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ularda noqonuniy qurilmalar qurib olish esa, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi. 

* * *

Migratsiya agentligi Buxoro hududiy filiali hamda “Mikrokreditbank” ATB bilan hamkorlikda Germaniyaning yirik kompaniyasi hisoblangan “nternational People GmBH and Co GK” bilan uch tomonlama memorandum imzolandi. 

Tadbirda ushbu kompaniya asoschisi Nikolaus Richter hamda uning ijrochi direktori Tomas Forster va “Mikrokreditbank” ATB rahbarining o‘rinbosari Shahlo Ibragimova ishtirok etdi. 

Memorandumga  ko‘ra, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar yigirmadan ortiq kasb, shuningdek, nemis tiliga bepul o‘qitiladi. Ushbu o‘quvlarni muvaffaqiyatli yakunlagan buxoroliklar uchun 2500 AQSH dollari miqdorida boshlanadigan oylik maoshlarni kafolatlaydigan ish o‘rinlari taklif etiladi. 

Kadrlarni tayyorlash jarayoni, til va kasbga sifatli o‘qitish ishlari “Mikrokreditbank” ATBning hududiy filiali bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

* * *

So‘nggi yillarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini Buxoro viloyati misolida ham kuzatish mumkin. Jumladan, Olot tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi. 

– Hozirga qadar tumanda 1800 nafar xotin-qizlarga 60 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratilgan, buning natijasida 2000 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Jumladan, tuman markazida Sojida Nizomova boshchilik qilib kelayotgan “Sojida Atelye” MCHJda “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizlar avvaliga tikuvchilik sirlarini o‘quv markazlarida o‘rganib, so‘ngra malakali tikuvchi bo‘lib ishga qabul qilindi. Tikuv sexida buyurtma asosida ayollar va bolalar hamda maxsus kiyimlar tikish yo‘lga qo‘yilgan, – deydi “Xalq banki” Buxoro viloyati mintaqaviy markazi rahbari o‘rinbosari Nargiza Latipova.

Hududdagi o‘rganishlar davomida “Xalq banki” Buxoro viloyati mintaqaviy markazi tomonidan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ajratilayotgan imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish va yangi loyiha paketlarini taqdimi borasida vazifalar belgilab olindi.

* * *

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash hamda energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari o‘rganilmoqda.

Xususan, joriy yilda 42 ta korxonada energiya auditi ishlari yakunlandi. Unga ko‘ra 256 ta energiya iste’moli iqtisodiga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Buxoro viloyatidagi tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Mergan teks” korxonasida o‘tkazilgan energiya auditi xulosasiga ko‘ra, 1 069 ming kVt-soat elektr energiyasi va 66,2 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilish imkoniyati aniqlandi. 

Inspeksiya tomonidan energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish, yirik korxonalarni auditdan o‘tkazish tartibi bo‘yicha hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda