Qish mavsumi davomida ba’zi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq bir qator muammolari soha xodimlari tomonidan o‘rganilib, aniqlangan muammolar hal etilishiga erishilmoqda. Jumladan, o‘tgan 2024 yil davomida tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilash, hududlarga uzluksiz gazni yetkazib berish uchun gaz quvurlari bo‘yoqlandi. Tabiiy gaz ta’minoti uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi. Bu bilan esa ayni shu hududda mavjud gaz maromlash qurilmalari demontaj qilindi.
– Ta’kidlash lozim, viloyatdagi ba’zi gaz maromlash qurilmalari ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. – Soha vakillari tomonidan ular yangisiga almashtirildi. Viloyat bo‘yicha bugunga qadar 100 ga yaqin eski gaz maromlash qurilmasi o‘rniga yangilari qo‘yildi. Maqsad aholiga tabiiy gaz yetkazib berishda mavjud muammolarning oldini olishdir, – deydi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali xodimi Akmal Nasretdinov.

* * *
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 2024 yil 26 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.O‘.Pirnazarovdan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi foydasiga 413.267.724 so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan A.T.Qurbonovga tegishli 2020 yilda ishlab chiqarilgan “LADA XRAY” rusumli va M.O‘.Pirnazarovga tegishli 2022 yilda ishlab chiqarilgan “KIA K5 D02G” rusumli avtomashinalarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlariga kirishilgan.
Majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garov mulki hisoblangan avtomashinalarga nisbatan davlat ijrochisining 2024 yil 27 dekabrdagi qaroriga asosan qidiruv e’lon qilingan va qidiruv harakatlariga kirishilgan.

Qidiruv harakatlari davomida “LADA XRAY” rusumli avtomashina Buxoro shahrida harakatlanib yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Qarzdor M.O‘.Pirnazarovga tegishli bo‘lgan “KIA K5 D02G” rusumli avtomashinani topish borasida boshqarma qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida avtomashina Kogon tumanida joylashgan korxona hududida saqlanib kelinayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
* * *
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2024 yil 15 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Najbiyevdan undiruvchi “Kapitalbank” ATB Chorsu filialining foydasiga 308.618.875 so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan qarzdorga tegishli 2020 yilda ishlab chiqarilgan “MALIBU 2” rusumli avtomashinaga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga 2024 yil 27 dekabrda kelib tushgan hamda ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli avtomashinaga nisbatan davlat ijrochisining 2025 yil 22 yanvardagi qaroriga asosan qidiruv e’lon qilingan.
Boshqarma qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qidiruv harakatlari davomida qidiruvdagi avtomashina Buxoro shahri hududida davlat raqam belgilarini yechib qo‘yilgan holda topildi.
Belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf qilinmasa, avtomashina sotish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligi haqida qarzdor ogohlantirildi.
Hozirda, ikki holat bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.