Buxoro viloyati Vobkent tumani Beshrabot mahallasida istiqomat qilayotgan Gulchehra Qudratova og‘ir ijtimoiy vaziyatda qolgan oila muammolari mahalladagi ijtimoiy xodim nazaridan chetda qolmadi. O‘rganishlar davomida oilani farovonlikka erishishi uchun individual xizmatlar rejasi tuzildi.

– Rejaga binoan, “mahalla yettiligi” tomonidan oila vakillariga  7 bosh qo‘y berildi, – deydi Beshrabot mahallasidagi kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Laylo Ramazonova. – Xonadon gazlashtirildi. Mahalladagi elektr simyog‘och yaroqsiz holga kelgani sabab yangisiga almashtirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan moddiy yordam ajratildi. Viloyat bo‘yicha 10862 ta oila reyestrga kirgan bo‘lib, ularning 7907 tasiga individual reja tuzilgan.  

***  

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasining 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash yuzasidan navbatdagi hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tarkibiy tarmoqlari xodimlari hamda tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari va davlat ijrochilari qatnashdi.  

Hay’at majlisida boshqarma boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi O.Mardonov o‘tgan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga atroflicha to‘xtaldi.  

Ta’kidlanishicha, 2024 yil davomida Byuroning viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari ish yurituviga 7,0 trillion so‘mlik 471.785 ta ijro hujjatlari qabul qilingan. 4,5 trillion so‘mlik 318.443 tasi tamomlanib, shundan 2,3 trillion so‘m (2023 yilda 1,7 trillion so‘m) amalda undirilishi ta’minlangan. Davlatga undiruv bilan bog‘liq 349.090 ta ijro hujjatlarini 244.763 tasi(1,7 trillion so‘m)ni  ijrosi tamomlanib, shundan 202.785 ta hujjatlar bo‘yicha 893,7 milliard so‘m mablag‘lar amalda undirilishi ta’minlangan.  

Hay’at yig‘ilishida raislik etuvchi ijro hujjatlarini qonunda belgilangan muddatlarda hal etilishi, qoldiqdagi hujjatlar sonini keskin kamaytirish ustidan nazorat o‘rnatish, bu borada barcha xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.  

***  

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 26 yashar yigit soxta pul sotishga uringan paytda qo‘lga tushdi. Aniqlanishicha, pullarni u Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi ikki shaxsdan olgan. Ular ijaradagi uyda 100 ming so‘mlik kupyuralarni printerda tayyorlagan. Ulardan ham 28 million so‘m soxta pul va uskunalar topilgan.  

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda