Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali yaqinda Yapon granti asosida zamonaviy tibbiyot uskunalarini qo‘lga kiritdi. Bu loyiha asosida 111,7 ming dollar miqdordagi mablag‘larga “Gisteroskop” va “Artroskop” kabi ikkita zamonaviy uskunaga ega bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashi janoblari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori M.Rajabov o‘rtasida grant shartnomasi imzolandi. 

Ikki tomonlama muloqot va munosabatlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 

* * * 

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari energetika tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonada sayyor o‘rganishlar olib bordi. 

Xorijiy sarmoya asosida bunyod etilgan mazkur issiqlik elektr energiya stansiyasining umumiy qiymati 150 million dollarga teng bo‘lib, viloyatdagi yirik loyihalardan biri hisoblanadi. 

295 MVt quvvatga ega bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi Turkiya investitsiyasi asosida qurilib, 2022 yilda O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulangan. Bugungi kunda stansiya yiliga 2,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, viloyat ehtiyojining 65 foizini qoplamoqda. E’tiborga loyiq jihati shundaki, korxonaga 2024 yil davomida xorijdan umumiy qiymati 18,9 million dollar bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar import qilgan. Ularga qariyb 43,2 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilgan. 

Korxona vakillari uchrashuv davomida kelgusida ta’mirlash ishlari uchun zarur texnik vositalarni import qilishda bojxona organlari tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlardan samarali foydalanish niyatida ekanliklarini bildirdi. 

* * * 

Buxoro viloyatining Romitan, Qorako‘l, Vobkent, Kogon, G‘ijduvon, Peshku, Buxoro, Olot va Jondor tumanlarida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchalari 167 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. 

– Yil davomida tizimda ko‘plab qulayliklar yaratildi, – deydi gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Boburjon Mamedov. – O‘z vaqtida iste’molchilarga gaz ballonlari tarqatildi va yangi iste’molchilar soni oshdi. Shuningdek, “Gaz to‘ldirish inshooti – iste’molchi” tamoyili yo‘lga qo‘yildi. Bunda yangi iste’molchi gaz balloni olish uchun gaz to‘ldirish shoxobchasiga tashrif buyurib, xodimga murojaat etadi.

Mutaxassis tomonidan esa batafsil ma’lumotlar beriladi. Ya’ni uning arizasiga ko‘ra xonadon xodimlar tomonidan o‘rganiladi va talablarga javob berilsa, gaz ballon ajratiladi. 

Shuningdek, gaz ballonlari maxsus sinov sexlarida sinovdan o‘tkazilib, aholining xavfsizligi ham ta’minlanmoqda. Har qanday imkoniyat bugun aholining yashash sharoitini yaxshilash hamda farovonligini ta’minlash ekan, ta’minot xodimlari bu borada maqsadli ishlarni davom etmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda