Bojxona organi mas’ullari tomonidan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i B. Muratov Kogon tumanidagi “Parravshantrans” MCHJ da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholiga sifatli parranda go‘shti va tuxum yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelayotgan mazkur korxona negizida  sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Sayyor o‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish salmog‘ini oshirish orqali eksportga keng yo‘l ochish masalalari tahlil etildi. “Eksport uch qadamda” tizimi va uning afzalliklari tadbirkorga to‘liq tushuntirildi.  

***  

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman shahar bo‘limlari tomonidan yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularning talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.  

Tadbir davomida aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar belgilangan tartibda o‘z holatiga qaytarilmoqda.  

– Agentlikning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan 2024 yilning o‘tgan 6 oylik davrida jami 70 holatda 5 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Buxoro tumani bo‘limi boshlig‘i Abbos Salimov. –  Mazkur holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida qonunbuzarlarning har biriga ogohlantirish xati berildi.  

O‘tgan olti oy davomida aniqlangan holatlarning 34 tasida fuqarolar belgilangan muddatlarda qonunbuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilmagach, mazkur holatlarni belgilangan tartibda bartaraf etish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.  

***

Buxoro viloyatining ko‘plab hududlarida kuz-qish davriga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Umumiy hisobda olti oy ichida viloyatdagi 38 kmdan ortiq gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi, ya’ni yer osti gaz quvurlari yer ustiga chiqarilib, tartibga keltirildi, bo‘yoqlandi.  

Joriy yilning dastlabki oylarida G‘ijduvon tumanidagi 4 ta – “O‘zanon”, “G‘ovshun”, “Mirzayon”, “Xadicha” mahallalarida gaz ta’minotini yaxshilash uchun yer osti gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. Mazkur jarayonlarning yakuni hisobidan hududlarda istiqomat qiluvchi yigirma mingdan ortiq aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishildi.

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda