Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroporti binosida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jumladan, bugungi murakkab sharoitda aholini ish bilan taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, pandemiya sababli zarar koʻrgan iqtisodiyot tarmoqlarini tiklash masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

“Temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” tizimlarida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

– Bugun hududlarimizda yoshlar va ayollar muammolarini chuqur tahlil qilish va samarali hal etish kun tartibidagi eng asosiy masalalardan biri boʻlib qolyapti. Maqsadimiz – inson qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, – dedi davlatimiz rahbari.

Pandemiya davrida Buxoro viloyatiga xorijdan qaytib kelgan 8 ming fuqarodan 7 ming nafari ish bilan taʼminlandi. Bandlik masalasi izchillik bilan hal etib borilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda investitsion loyihalar va eksport masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, joriy yilda Buxoro viloyati boʻyicha 571ta shunday loyiha amalga oshirilish, bu bilan 14 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Yil yakuni boʻyicha eksport hajmi 184 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Mamlakatimizning har bir hududi kabi Buxoro zamini ham ulkan qurilish maydoniga aylangan. Birgina viloyat markazining oʻzida 700 ta obyekt barpo etilmoqda.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad – Buxoroda boshlangan keng miqyosli islohotlarni jadal davom ettirish.

Muhokama qilingan masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida mutasaddilarning hisobotlari eshitildi, ularni oʻz vaqtida va samarali bajarish borasida qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Yigʻilishdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati boʻyicha istiqbolli rejalar belgilab olindi