Vatanimiz tarixidagi 22 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1273 yil (bundan 752 yil oldin) – Chingizxonning nevarasi Huloku asos solgan Hulokuiylar davlati qo‘shini Buxoro shahrini ishg‘ol qildi. Shaharda talonchilik va qirg‘in boshlandi, bu to‘s-to‘polonlar vaqtida Buxorodagi eng yirik va chiroyli madrasa bo‘lgan Mas’udiya madrasasi va undagi ko‘plab qimmatbaho qo‘lyozma kitoblarga ega bo‘lgan kutubxona yonib ketdi. 

Manbalarda Mas’udbek Chig‘atoy ulusini boshqargan yillarda (1254–1289) musulmonlar va ilm toliblari uchun oliy madrasa bino qilgani to‘g‘risida ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Buxoroda ham bir qancha yirik imoratlar qurilib, shaharda qaytadan hayot jonlanadi. Aytishlaricha, mazkur madrasada qariyb ming nafar talaba ilm olar ekan. Unda ko‘plab qimmatbaho kitoblar to‘planib, boy kutubxona tashkil etilgan.

Tarixchi Abdusattor Jumanazarning qayd etishicha, Sayyid Muhammad Nosir ibn Muzaffar dushman bosqini oqibatida ro‘y bergan mudhish voqea va kutubxonaning anyachli qismati haqida shunday yozadi: “Buxoroliklar darvozalarni yopib qarshilik ko‘rsatishga urinishdi. Bir kunlik jangdan so‘ng Sadri Jahon sulhni ma’qul ko‘rib Oqbekniig Hindu nomli o‘gay o‘g‘li ishg‘ol etishga tayinlangan darvozani ochdi. Lashkar shaharga bostirib kirib, qatl va g‘orat qilmoqqa kirishdi. Qon daryolari oqa boshladi. Buxoro madrasalarining eng yirigi va hashamatlisi Mas’udbek madrasasiga o‘t qo‘yishdi. Bu madrasa va unda saqlanayotgan nafis kitoblardan kuldan boshqa narsa qolmadi”. Shaharda ur-ur, sur-sur, talash va o‘ldirishlar bir haftagacha davom etdi. 

Mazkur bosqindan keyin Buxoro shahri huvillab qoladi. Bu ham kamlik qilganday, oradan uch yil o‘tib, hijriy 674 sanada (milodiy 1275/1276 yil) baraqiylar Buxoroga o‘t qo‘yishadi va shahar katta alanga ichida qoladi. Sayyid Muhammad Nosir shahar yetti yilgacha «odamsiz va hayvonsiz» huvillab qolganini ta’kidlaydi. Keyinchalik Qayduxon Mas’udbek ibn Yalavochni vayronagarchilikni bartaraf etib, shaharni obod qilishga farmon beradi. 

Qisqa fursatda Mas’udbek boshchiligida Buxoro obod qilinadi. Tarqab ketgan xalq, raiyat, olimlar va ijod ahli yana ushbu muborak makonga qaytadi. Shahar, ilgarilari bo‘lganidek, fozillar va olimlar maskaniga aylanib, yana shariflik maqomiga ko‘tariladi. Abdusattor Jumanazarning yozishicha, yong‘inda kuyib ketgan Mas’udiya madrasasining keyingi taqdirini aniqlashning hozircha imkoni bo‘lmagan.

1868 yil (bundan 157 yil oldin) – Turkistondagi dastlabki rasmiy statistika organi – Turkiston statistika qo‘mitasi tuzildi. Uning raisi Turkiston general-gubernatori sanalgan. Mazkur tashkilot butun Turkiston general-gubernatorligiga oid statistik ishlar bilan shug‘ullangani tufayli unga “Turkiston statistika qo‘mitasi” nomi berilgan. 

Qo‘mita Statistik yillik to‘plamlar nashr qilgan (jami 5 ta nashri chiqqan). O‘lka haqidagi statistik ma’lumotlarni ko‘paytirish uchun 1879 yili qo‘mitaning Zarafshon va Yettisuv bo‘limlari tuzilgan. 1887 yili ularning o‘rniga Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari statistika qo‘mitalari tashkil etilgan.

1927 yil (bundan 98 yil oldin) – Samarqand Oliy pedagogika instituti (hozirgi Samarqand davlat universiteti) ochildi. Institut obro‘sini oshirish maqsadida boshqa respublikalardan ko‘zga ko‘ringan professor va o‘qituvchilar taklif etildi. Tashkil etilgan o‘quv yurtida uchta bo‘lim, to‘rtta kafedra ochilib 11 nafar o‘qituvchi ish boshladi. 1927 yilning 1 dekabriga oid ma’lumotlarga ko‘ra, institutning 1-kursida 100 nafar, 2-kursida 57 nafar talaba o‘qigan. Bu talabalar orasida keyinchalik mashhur arxeolog olim, akademik Yahyo G‘ulomov ham bo‘lgan.

1962 yil (bundan 63 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi byurosining yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib, kun tartibidan “O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi faoliyati masalasi” o‘rin olgan bo‘lsa-da, unda asosan akademiya prezidenti Habib Abdullayevning faoliyati ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda shaxsan Habib Abdullayev faoliyatiga nisbatan bir qator asossiz tanqidiy fikrlar bildirildi.

Tarixchi Jasur Hasanovning qayd etishicha, Habib Abdullayev yig‘ilishda so‘zlagan nutqida akademiya faoliyati haqida bildirilgan bir qator kamchiliklar asossiz ekanini ta’kidlagan. Lekin, shunga qaramay, Habib Abdullayevning kasalligi bahona qilinib, Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimidan “o‘z arizasiga asosan” ozod qilindi. Bo‘lib o‘tgan ishlar olimning sog‘lig‘i, ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Filippin Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan oldi. 

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlandi. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”, “Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibi to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi Lazgini asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etildi. 

2024 yil (bundan 1 yil oldin) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro shahrining yetti yil davomida kimsasiz huvillab qolishiga nima sabab bo‘lgan?