Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Boshqarma va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Madad oila grant plyus” oilaviy korxonasi rahbari M.F.ning arizasiga asosan 2023 yil 21 dekabrda tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi ASKUE muhandisi M.J.(ismlar shartli) xizmat mavqeidan foydalangan holda ariza muallifi M.F.ni aldab, ishonchini suiste’mol qiladi. Aniqlanishicha, u boshqarib kelayotgan  “Madad oila grant plyus” oilaviy korxonasiga tegishli bo‘lgan, Buxoro shahar M.Iqbol ko‘chasidagi sobiq “Karavan” restorani yonida joylashgan binoga o‘rnatilgan yangi elektr hisoblagich elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bepul berilgan va o‘rnatilgan bo‘lsa-da, go‘yoki bunda o‘zining vakolatli tanishlari orqali yordam berganligi evaziga 4 million so‘m berishni so‘raydi. Natijada M.Iqbol ko‘chasidagi sobiq “Karavan” restorani yonida joylashgan “Xo‘ja Ismat” savdo do‘konida fuqaro M.F dan kimyoviy ishlov berilgan 1 million 500 ming so‘m va 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi ASKUE muhandisi M.Jga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimi qo‘lga tushdi