Qadimiy Buxoro vohasining madaniy-etnografik va me’moriy o‘zligini saqlash hamda uni xalqaro hamjamiyatga yanada kengroq tanishtirish maqsadida yana bir yirik loyihani amalga oshirishga kirishildi.
Gap shundaki, mamlakatimizning turistik markazlaridan biri sanalgan shaharda endilikda 32,6 gektar maydonda “Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki barpo etiladi.


“Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki loyihasi qadim shaharning eng katta tashrif qog‘oziga aylanadi va mamlakatimizning dunyoda kengroq tanilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Xo‘sh, loyiha amalga oshiriladigan hududdagi madaniy meros ob’ektlari taqdiri nima bo‘ladi?
Savolimizga Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Shohabbos Sharofiddinov quyidagicha javob qaytardi.


<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Mgc-7fHpT-Y" title="Buxoro madaniy meros obyektlari taqdiri nima boʻladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, O‘zA muxbiri (video).