Buxoro davlat universitetida “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi va Buxoro davlat universiteti tashabbusi bilan hamda qator davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida «Buxoro jadidlarini yod etib...» mavzusida respublika ilmiy- amaliy anjumani o‘tkazildi.

Tadbir universitet qoshidagi «Qatag‘on qurbonlari muzeyi»ga sayohat bilan boshlandi. Muzey direktori Azalshox Hamroyev muzey va undagi ma’lumotlar to‘g‘risida mehmonlarga chuqur tushuncha berdi.XX asr boshlarida xalq va millat ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda qurbon bo‘lgan Buxoro jadidlari, ularning hayot yo‘li haqida ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berildi.

Anjumanda rejissyor Husan Rashidov tomonidan suratga olingan “ Ma’rifatga baxshida umr» nomli hujjatli film taqdimoti ham bo‘ldi. Ushbu hujjatli film Buxoro jadidlari namoyondasi, sharqshunos olim, arxeolog Muso Saidjonovning fojiali taqdiriga bag‘ishlangan.

Talabalar o‘rtasida Buxoro jadidlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan insholar va rasmlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida g‘oliblarga Buxoro davlat universiteti hamda «Umrboqiy meros» targ‘ibot markazining diplomlari va kitoblar topshirildi.

G. Nusratova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro jadidlari yod etildi