Buxoroda “Qalblar dardiga darmon” nomli birinchi xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi tantanali ravishda ochildi. Ilk bor Jidda shahridagi Islom san’at biyennalesida kashf etilgan “Al-Musalla” – ibodat va tafakkur uchun mo‘ljallangan makon loyihasi taqdimoti madaniy forumningasosiy tadbirlaridan biri bo‘ldi.


Anjumanga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu art-ob’ektning Buxoro uchun alohida ahamiyatini qayd etdi:
– Buxoro biyennalesining eng qiziqarli manzillaridan biri – “Al-Musalla” loyihasi hisoblanadi. Buxoroning ma’naviy markazi sanalgan “Minorai Kalon” majmuasi yonida joylashgan ushbu loyiha tarix va bugungi kunni uyg‘unlashtirgan holda osudalikka cho‘mgan, kishini mushohadaga undaydigan zamonaviy maskan qiyofasini namoyon qilmoqda. “Diriyah Biennale Foundation” jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlovi va tashkilotchilarning birgalikdagi sa’y-harakati tufayli O‘zbekiston mazkur installyatsiyani madaniy merosning bir qismi sifatida qabul qilgan ilk mamlakatga, Buxoro esa loyihani qayta jonlantirgan shaharga aylandi.
A.Alimova, O‘zA