O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, islom dinining insonparvarlik tamoyillarini targ‘ib etish maqsadida Imom Buxoriyning «Sahihul Buxoriy» asari asosida o‘tkazib kelinayotgan «Islom san’ati» xalqaro onlayn ko‘rgazmasiga chet el jamoatchiligining qiziqish ortib, tadbirning geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Bu galgi ko‘rgazma Fransiya ilmiy-madaniy jamoatchiligiga namoyish etildi.

Tadbir O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti va “Dacore IT” tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

Unda yurtimizning taniqli usta-rassomlari bilan birga, yosh ijodkorlar o‘z san’at asarlarini. O‘zbek milliy san’ati, madaniyati va ilm-fanini targ‘ib etayotganlar qatorida miniatyurachi, kitob san’ati bo‘yicha rassom, xattot, grafikachi rassom va fotosuratchi kabi yosh iste’dod egalari bor.

Taomilga binoan, «So‘g‘diyona» milliy cholg‘u-asboblari kamer orkestri jamoasi ko‘rgazma uchun maxsus tayyorlangan «Zikr» nomli kompozitsiyasini taqdim etdi.

Imom Buxoriyning hadis to‘plash yo‘lidagi mehnati va ilmiy izlanishlarini aks ettiruvchi ushbu ko‘rgazma qator ijodkorlarni bir joyga to‘pladi. Tadbir uchun yaratilgan barcha san’at asarlari «Sahihul Buxoriy» to‘plamidan ilhomlangan san’at ustalarining ijod mahsuli hisoblanadi. Ularni bir xayrli maqsad – o‘z asarlari orqali islom dinining aql-zakovat, adolat, tinchlik va bag‘rikenglikni mujassam etgan ezgu g‘oyalarini xalqaro miqyosda san’at muxlislariga targ‘ib etish niyati birlashtirib turibdi.

Ko‘rgazmaning ochilishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov bunday tadbirlar tabarruk zaminimizdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar merosini jahon ommasiga targ‘ib etish barobarida, xalqlar o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishga ham xizmat qilishini ta’kidladi. Markaz tomonidan xalqaro hamkorlik, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

Muassasa tomonidan o‘tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

– Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda «Islom san’ati» turkum ko‘rgazmalarining navbatdagisini tashkil etish bizga katta mamnuniyat baxsh etadi. O‘zbekiston qadim tarixga ega maftunkor va go‘zal mamlakat. Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan, Samarqand, Buxoro, Xiva va Marg‘ilon kabi ko‘hna ilm-ma’rifat markazlari bilan dong taratgan bu mamlakat butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan. Islomning oltin davrini yaratgan Muhammad Xorazmiy kabi mutafakkirlar shu zamin farzandlari hisoblanishi ko‘p narsadan darak beradi, – dedi ko‘rgazmada ishtirok etgan Lester universiteti dotsenti Marta Gasparin xonim.

Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. San’at asarlari esa dunyoning boshqa go‘shalarini zabt etish uchun allaqachon yo‘lga otlangan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Buxoriy: Islom san’ati» ko‘rgazmasi geografiyasi kengaymoqda