Bahor... Hovlimizda bir tup o‘rikdan tashqari mevali daraxtlarning barchasi qiyg‘os gulladi. Bu o‘rik daraxti ancha yillardan buyon yaxshi meva bermay qo‘ygan edi. Dadam meva bermayotgani va ekinlarga soya solayotgani bois, kesib tashlamoqchi bo‘ldi.

Dadamning o‘rikni kesmoqchi bo‘lganini ko‘rgan buvim harsillab yoniga yugurib bordi: 

– Bolam bu o‘rikni kesmaysan! Dadang rahmatli “nevaralarim mevasidan yesin”, deb ekkanlar. Mana o‘n sakkiz yildan buyon bizga meva beradi. Shoxlariga belanchak solib nabiralarimni katta qildim. Soyasida farzandlarim, nabiralarim bilan shirin suhbatlar qurganmiz. O‘rik soyasida o‘tirib, har ko‘klamda sumalak tayyorlaganmiz. Bu daraxt hayotimning bir bo‘lagiga aylangan. Uni kessang meni ham kes! 

Buvimning so‘zlaridan dadam chuqur xayolga toldi... 

O‘ylab ko‘rsam, bolalikdagi eng shirin xotiralar mana shu o‘rik bilan bog‘liq ekan. Xotiralar xuddi kino lentasi kabi birma-bir ko‘z o‘ngimdan o‘tayapti. 

...Bahor oylarining birida buvim, biz nabiralariga mana shu ulkan o‘rik daraxti shoxlariga halinchaklar solib beryapti. Bir-birimiz bilan talashib, tortishib halinchak uchyapmiz. 

...Daraxt soyasida buvim o‘zbek xalq ertaklarini o‘qib beryapti. Bizdan ham maqollar so‘raydi. Buvim bir-biridan qiziq xalq maqollarini aytib beryapti:

Arg‘umoqda yol yo‘q deb, 

Yo‘lga tashlab ketmanglar. 

Er yigitda mol yo‘q deb, 

Yovga tashlab ketmanglar. 

*** 

Ot qadrini bilmasa, 

Yayov ko‘rar jazosin. 

El qadrini bilmasa, 

Yovlar berar jazosin. 

*** 

To‘g‘ri tilim tiyolmadim, 

Tuqqanim bilan turolmadim. 

*** 

Vaqillagan vaqtini o‘tkazar, 

Qo‘lidagi naqdini ketkazar. 

Ayniqsa, buvimning she’riy topishmoqlariga javob topolmay qiynalganmiz: 

U nimadir, havodagi do‘langan? 

U nimadir, yer yuzini suv olgan? 

U nimadir, orqasida og‘zi bor? 

U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor? 

U nimadir, suv ichida joni bor? 

O‘zlarining she’riy javoblari ham tayyor bo‘lardi: 

Bulut bo‘lar havodagi do‘langan, 

Yomg‘ir bo‘lar yer yuzini suv olgan, 

Tegirmondir, orqasida og‘zi bor. 

Bug‘doy bo‘lar o‘rtasida mag‘zi bor. 

Baliq bo‘lar suv ichida joni bor. 

Mahalla-ko‘y, qarindoshlar to‘ylari buvimning laparu yallalarisiz, kelin salomlariyu fotihalarisiz jilo topmasdi: 

Eshik oldi majnuntol, 

Majnuntolga qo‘ling sol, 

Men berayin fotiha

Katta-kichik quloq sol. 

Atta bo‘lsin, fatta bo‘lsin, 

Zuvalasi katta bo‘lsin. 

Qil chivig‘i qildan bo‘lsin, 

Chilobchini puldan bo‘lsin. 

Eshik oldi ko‘l bo‘lsin, 

Uyi bozor yo‘l bo‘lsin. 

Qatorda nori bo‘lsin, 

Yonida yori bo‘lsin, 

Uyi mehmonga to‘lsin. 

O‘chog‘i to‘la kul bo‘lsin, 

Tevaragi ul bo‘lsin. 

Kuyov boshqa xarji bermas, 

To‘xtatay picha gapni. 

Aytgan bilan ado bo‘lmas. 

Qancha aytsam fotihani. 

To‘ylarda aytilgan buvimning “yor-yor”lari yuraklar to‘riga yetib borardi: 

Osmondagi to‘rg‘ayni

Otgan otam, yor-yor. 

O‘z qizini tanimay

Sotgan otam, yor-yor. 

O‘z qizining o‘rniga

Bodom eksin, yor-yor. 

Bodom shoxi qayrilsa, 

Bolam desin, yor-yor.

Buvim “ko‘kka yetkazganiga shukr“, deya uzundan uzoq duoga qo‘l ochgan, yuz-ko‘zlarida shukronalik aks etgan chog‘lar... Har bahor mahalladoshlarimiz ishtirokida uyushtirilgan “sumalak bazm”larida qishloq ayollari o‘lanlar, laparlar, rivoyatlar aytishar edi. “Sumalak bazmi”dan so‘ng sumalak ulashish ishtiyoqi “sumalak sayli”ga ulanardi. Sayl kayvonisi onaxonlarning hazil mutoyibalariyu shaddod qizlarning o‘yin-kulgilari bilan fayzli o‘tardi. 

Mahallamizda har ko‘klamda darvishona degan ommaviy sayillar ko‘p bo‘lardi. Darvishona – bu har bahorda bo‘ladigan, qadimda tarqalgan urf-odat, ommaviy tadbir. Har yili bahor faslida mahalladoshlar pul yig‘ib, so‘ngra biror kishining hovlisida yoki masjidda halim pishirib butun mahalla baham ko‘radi. Mazkur marosim darvishlar odatlariga o‘xshab, uyma-uy yurib oziq-ovqat yig‘ish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun shunday atalgan. Odatda Darvishonani har bir qishloq yoki mahalla alohida-alohida o‘tkazgan, unda katta-kichik hamma qatnashadi. Musofirlar mehmon qilingan. Ba’zan yig‘ilgan mablag‘, g‘alla va shu kabi mahsulotlar mahallada yashovchi qashshoq oila yoki beva-bechoralarga berilgan.

Unda yoshi ulug‘ kayvoni bobo va momolar kurash, ot o‘yini, ko‘pkari, poyga, uzoqqa tosh irg‘itish, chillak, bekinmachoq, quloq cho‘zma, varrak, qo‘chqor urishtirish, xo‘roz urishtirish, tuxum urishtirish, kelin-kuyov, arqon tortish, oq terakmi-ko‘k terak, to‘ptosh, kim oladi shuginani-yo, eshak mindi kabi xalq o‘yinlarini tashkillashtirish bilan yoshlar qalbiga milliy marosimlarni olib kirardi.

Mazkur xalq o‘yinlarida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mahalladoshlarimiz faol ishtirok etardi. Hududimizning o‘ziga xos an’analari, urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan o‘lan, lapar aytishuvlar va ularga uyg‘un xalqchil raqs hamda o‘yinlarni eshitib katta bo‘lganmiz. 

Yaqinda ota-onamni ko‘rgani borgandim. Mahalladoshlar yig‘ilib sumalak sayli qilishibdi. Kelganimni eshitib, meni ham sumalak sayliga taklif qilishdi. Sumalak saylida mahalladoshlar buvimni, bobomni xotirlashdi. Buvim bilan o‘tgan ommaviy tadbirlar, to‘y-marosimlar, davralarning fayzi boshqacha ekanligini aytishganda ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. 

Bugun buvim, bobom oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz, mahalladoshlarimiz yodida ekan, ular o‘lmagan, xotiralarda mangu yashamoqda. Ularning ruhiga tilovatlar qilinadi. Zero, yaxshi insonlar xotirasi qalblarda mangu yashaydi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buvim bilan o‘tgan bahorlar...