“Butunjahon sifat kuni”ning maqsadi nima?
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Butunjahon sifat kuni”ga bag‘ishlangan “Sifat – davr talabi” mavzuidagi an’anaviy ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, butun jahon sifat kuni har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanib kelinadi. Ushbu bayram dunyoda birinchi marta 1989 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ko‘magida Yevropa Sifat Tashkiloti (YeST) tashabbusi bilan nishonlangan. Butunjahon sifat kunining asosiy maqsadi, yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarning ahamiyatini oshirish, shuningdek sifatga erishishdagi muammolarga e’tiborni qaratish tadbirlarini faollashtirishdan iboratdir.
Seminarda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga xalqaro standartlarning sohalar kesimidagi ulushi, ayniqsa yengil sanoat korxonalaridagi amaldagi standartlar, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining hamda sifat menejment tizimlarini joriy etish afzalliklarining mazmun-mohiyati taqdimot shaklda tushuntirib berildi.
Shuningdek, talabalar “BAKANTEX” to‘qimachilik fabrikasining sifat laboratoriyalari va ularda mjoylashgan zamonaviy laboratoriya uskunalari to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot oldilar.
Seminarda faol ishtirok etgan talabalar hamda mutaxassislar tashakkkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA